Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.6K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termiz shahrida sportning "GIMNASTRADA" turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi

Termiz shahridagi "Gimnastika bolalar sport maktabi" da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning "Gimnastrada" turi bo'yicha 4 ta sektorlardagi jamoalar o'rtasida Termiz shahar birinchiligi uchun musobaqalarning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Bellashuvni Surxondaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport vazirligi hududiy boshqarmasi boshlig'i Bekzod Saidqulovich ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Ushbu musobaqada 40 nafar 14-30 yosh toifasida o'g'il-qizlar o'zlarining ajoyib chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

✏️Bellashuv natijalari:

🥇1-o'rin 1-sektor jamosi
🥈2-o'rin 3-sektor jamosi
🥉3-o'rin 2-sektor jamosi

G'oliblar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Xalq deputatlari Termiz shahar kengashining navbatdan tashqari 67-sessiyasida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining taʼlim sifati koʻrsatkichlari muhokama qilindi.

Bugun Termiz shahar hokimligining faollar zalida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdan tashqari 67-sessiyasi oʻtkazilib, sessiyada deputatlar, tegishli tashkilot rahbarlari va shahar hokimining masʼul oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.

Sessiyada umumiy oʻrta taʼlim maktablarining taʼlim sifati koʻrsatkichlari muhokama qilinib, erishilgan natijalar va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi hamda taʼlim muassassalari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Bugungi boʻlib oʻtgan sessiyaning tegishli qaroriga muvofiq, Termiz shahridagi eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 3-,9-,12-sonli maktab direktorlarini bir oylik ish haqi miqdorida hokimlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish belgilangan boʻlsa, aksincha taʼlim sifati boʻyicha eng past koʻrsatkichlarni qayd etgan Termiz shahridagi 5-,24-,25-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbarlarining hisobotlari tinglanib, 5-sonli hamda 24-sonli umumtaʼlim maktablarining faoliyati qoniqarsiz deb topildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar kengashining 67 sessiyasi yakunida taʼlim muassasalarida kamchiliklarni bartaraf etish va pedagogik jamoaning masʼuliyatini oshirish, taʼlim sifatini va kadrlar salohiyatini hamda muhim koʻrsatkichlar boʻyicha natijalarni yaxshilash boʻyicha masʼul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahridagi qator davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ko'p tilli innovatsion, inklyuziv muqobil guruhlar tashkil etilmoqda

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Rasmiy munosabat: Nosozlik bartaraf etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Jomiy" mahallasidagi suv quvurlari bilan bog'liq nosozliklar bo'yicha xabar tarqalgan edi. Murojaat yuzasidan Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

Termiz shahri "Jomiy" mahallasi "Soʻfi Olloyor" koʻchasi 8-burilishda diametri 150 mm. boʻlgan ichimlik suv quvuridagi nosozlik “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ Termiz shahar boʻlimi tomonidan taʼmirlanib, muammo bartaraf etildi.

Tarmoqlardagi nosozliklar haqida oʻz vaqtida xabar berib, bartaraf etilishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan ijtimoiy tarmoq va jamoatchilik vakillariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM