🗣Ijtimoiy masalalar doimo e`tibor markazida⏺Termiz shahriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori Olloyorov Mansurbek Polvonovich boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.
⏺Tashrif davomida ishchi guruh tomonidan bir qator manzillarda ijtimoiy masalalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
⏺Jumladan, 335 nafar koʻrish qobiliyatida nuqsoni bor hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga "Brayl" alifbosidagi qo'llanmalar bilan, kitobxonlikni keng targ'ib etib kelayotgan Termiz shahridagi viloyat koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi faoliyati bilan tanishildi.
⏺“Alpomish” mahallasidagi migratsiya doirasida ishga ketganlar hamda qaytganlar, mehr operatsiyasidan qaytganlar, odam savdosi qurbonlariga alohida e'tibor bilan psixiologik konsultatsiyalar berib, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish bilan shug'ullanib kelayotgan “Barqaror hayot xalqaro ijtimoiy maʼrifat markazi” faoliyati bilan tanishildi.
⏺21 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga kasb-hunar o'rgatib kelayotgan “Shodlik” mahallasidagi Surxondaryo viloyati “Nogironligi boʻlgan shaxslarni himoya qilish” nodavlat-notijorat tashkiloti faoliyati bilan tanishildi.
⏺Qolaversa, Termiz Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Termiz shahridagi 6-sonli umumtaʼlim maktabi hamda “Maʼrifat” mahallasida inspektor psixolog bilan IPXMga yoʻnaltirish jarayonlari, Termiz shahar "Ijtimoiy psixologik xizmat koʻrsatish" markazi faoliyatlari bilan yaqindan tanishildi va o'rganishlar natijasida yanada ish kesimining rivoji uchun xodimlarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh