Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.6K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣"Milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi" tanlovining shahar bosqichi ishtirokchilari saralandi

Bugun Termiz shahridagi 1-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi " doirasida MILLIY VA ZAMONAVIY CHOLG'U IJROCHILIGI tanlovining sektorlararo shahar bosqichi oʻtkazildi.

G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar!

🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida 30 nafar xotin-qizlar bandligi ta'minlandi

Termiz shahar prokurori, 2-sektor rahbari X.P.Mamatqulovning tashabbusi bilan 2-sektor hududidagi "Tinchlik" mahallasida yashovchi “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 30 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida “Dehqon texnik” xususiy korxonasi rahbari, tadbirkor B.Fayzullayev hamda Termiz shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi bilan hamkorlikda “Kasanachilik” faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 30 nafar xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinkalari va boshqa zaruriy asbob-uskunalar yetkazib berilib, tikuvchilik yoʻnalishida “Kasanachilik” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Hurmatli yurtdoshlar!

Sanitariya va ekologiya sohasidagi qoidabuzarliklar, jumladan, chiqindilar taqiqlangan joyga tashlanganligi haqidagi murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Call-markazining 1354 qisqa raqami orqali qoldirishingiz mumkin. Qo'ng'iroqlar uzluksiz qabul qilinadi!

Shuningdek, Telegram messendjerda @tozalik_murojaat_bot yaratilgan boʻlib, ushbu bot orqali respublikaning tumanlari kesimida sanitariya qoidalarini buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlarni foto va videofaktlar bilan yuklagan holda yuborish imkoniyati yaratildi.

Umumiy uyimiz bo’lgan Vatanimizda tozalik tarafdorimiz, biz bilan birga bo'ling!

———

🗣Уважаемые соотечественники!

Сообщить о нарушении в сфере санитарии и экологии, например, о выбросе мусора в неположенном месте, вы можете по короткому номеру Call-центра Службы санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья Республики Узбекистан 1354. Обращения принимаются круглосуточно!

Кроме того, в мессенджере Telegram создан бот @tozalik_murojaat_bot, с помощью которого Вы так же можете сообщить о случаях нарушения санитарных правил, прилагая фото- и видеофакты.

Мы - за чистоту в нашем общем доме, будьте с нами!

🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Twitter | Instagram
Facebook | You Tube | Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Ijtimoiy masalalar doimo e`tibor markazida

Termiz shahriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori Olloyorov Mansurbek Polvonovich boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ishchi guruh tomonidan bir qator manzillarda ijtimoiy masalalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.

Jumladan, 335 nafar koʻrish qobiliyatida nuqsoni bor hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga "Brayl" alifbosidagi qo'llanmalar bilan, kitobxonlikni keng targ'ib etib kelayotgan Termiz shahridagi viloyat koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi faoliyati bilan tanishildi.

“Alpomish” mahallasidagi migratsiya doirasida ishga ketganlar hamda qaytganlar, mehr operatsiyasidan qaytganlar, odam savdosi qurbonlariga alohida e'tibor bilan psixiologik konsultatsiyalar berib, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish bilan shug'ullanib kelayotgan “Barqaror hayot xalqaro ijtimoiy maʼrifat markazi” faoliyati bilan tanishildi.

21 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga kasb-hunar o'rgatib kelayotgan “Shodlik” mahallasidagi Surxondaryo viloyati “Nogironligi boʻlgan shaxslarni himoya qilish” nodavlat-notijorat tashkiloti faoliyati bilan tanishildi.

Qolaversa, Termiz Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Termiz shahridagi 6-sonli umumtaʼlim maktabi hamda “Maʼrifat” mahallasida inspektor psixolog bilan IPXMga yoʻnaltirish jarayonlari, Termiz shahar "Ijtimoiy psixologik xizmat koʻrsatish" markazi faoliyatlari bilan yaqindan tanishildi va o'rganishlar natijasida yanada ish kesimining rivoji uchun xodimlarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM