Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.5K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati Termiz shahriga Respublika ishchi guruhi aʼzosi, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi vakili D.Mirzarayimov tashrif buyurib mutasaddilar bilan joylarda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Tashrif jarayonida "Surxon sohili" mahallasida “Obod xonadon-Obod ko'cha-obod mahalla” tamoyili ostida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, shtab aʼzolari, mahalla raisi va xotin-qizlar faoli bilan suhbatlashildi.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan bolalikdan 1-guruh nogironligi bo'lgan Xalilova Roziya opaning holidan xabar olinib, reabilitatsiya vositalari berildi.

“Ayollar daftari”ning 1-toifasida turgan Jumayeva X. hamda Daminova Oʻ. ga tikuv moshinka berilib, ish faoliyatini boshlaganligi oʻrganildi.

Begmatova B. “Ayollar daftari”ning 3-toifasida turganligi va yashash xonadoni ta'mirga tushganligi va bugungi kunda uyi ta'mirlanayotganlik jarayonlari koʻzdan kechirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣UzA| Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Termiz shahridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida boʻlib, xodimlar va vaqtincha saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan uchrashdi.

Yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, bolalarning oilaviy muhiti, muammolari va ularning qiziqishlari haqida suhbatlashdi.

🔔 Batafsil: https://uza.uz/posts/527211

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Adashib qolmang!

“Umra” tadbirini tashkil etish boʻyicha talablar 1-noyabrdan kuchga kiradi.

Norma talablariga javob bermaydigan turopertorlarga 1-noyabrdan “Umra” tadbirlarini amalga oshirish huquqi bekor qilinadi.

To'liq oʻqish uchun 😀 https://uzbektourism.uz/news/view?id=2898

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Yangiliklar 24 | “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar

Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Termiz tumanida oʻtkazilgan tadbirlar tafsilotlari

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣"Hech bir yosh e'tibordan chetta qolmaydi!"

Termiz shahar prokuraturasi tashabbusi bilan Termiz shahridagi umumtaʼlim maktablarining jinoyat sodir etgan, profilaktik hisobda turgan va huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi yuqori boʻlgan 150 nafar voyaga yetmagan oʻquvchilari uchun alohida DASTUR asosida joylarda tadbirlar oʻtkazildi.

Ushbu tadbirda sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari va masʼullari, harbiylar, umumtaʼlim maktablarining maʼnaviyat boʻyicha oʻrinbosarlari va psixologlari hamda keng jamoatchilik faollari bilan birgalikda OAV vakillari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv voyaga yetmagan o'quvchilarni ilm olishga va kasb-hunar o'rganishga qiziqtirish maqsadida Termiz shahridagi "Yoshlar markazi" binosidagi to'garaklar faoliyat jarayonlarini tanishtirish bilan boshlandi.

Yoshlarda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, faol fuqarolik pozitsiyasini, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish maqsadida Termiz harbiy prokurorining koʻmagida harbiy qism hamda “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyati bilan tanishtirildi.

Shuningdek, “Qoʻgʻirchoq” teatrida o'quvchilar va ularning ota-onalari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etilib, yoshlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi hamda tibbiyot xodimlari tomonidan sog'likni asrash to'g'risida kerakli maslahatlar berildi.

Jarayon “Sektor rahbarlari va voyaga yetmaganlar” uchrashuvi bilan qizg'in davom etdi. Termiz shahar hokimi O'.To'rayev, shahar prokurori X.Mamatqulov, Termiz muxandislik-texnologiya instituti prorektori M.Majidov, shahar bosh imomi R.Abdullayevlar yoshlar bilan muloqot olib bordi.

Uchrashuvda "Tengdoshga-tengdosh" maylida “Jasorat” medali sohibasi  Zuxra Xasanova hamda Ispaniyada oʻtkazilgan xalqaro festival gʻolibi Charos Absoatovalar so'zga chiqib o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.

Tadbirlarlar yakunida musiqiy dastur va spektakl namoyishi qoyilib, yoshlarga yanada ko'tarinki ruh bag'ishladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM