🗣Termiz shahrida "Keksalar haftaligi" davom etmoqda.⏺O'zbekiston Respyblikasi Prezidentining "Nuroniylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risi"da 2022-yil 15-martdagi PQ-167-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-sentabrdagi 173-son yig'ilish bayoniga asosan har yili oktabr oyining birinchi haftasi "Keksalar haftaligi" sifatida keng nishonlanishi belgilangan.
⏺Termiz shahar hokimligi, "Nuroniy" jamg'armasi Termiz shahar bo'limi tashshabusi bilan joriy yilning 4-5-oktabr kunlari Termiz shahrida "Keksalar haftaligi" doirasida 120 nafar nuroniy otaxon va onaxonlarni Al Hakim At- Termiziy majmuasiga ziyoratga olib borildi. Qolaversa, "5000 qadamda faol ishtirok etaylik aziz nuroniylar va yoshlar" marafon yurishi hamda "Aziz nuroniylar barchangizga keksalar haftaligi muborak bo'lsin!" shiori ostida tadbir kechasi yuqori saviyada tashkil etildi.
🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh