Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.78K subscribers
36.1K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣"O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir guruh faol nuroniylar taqdirlandi.

Kuni kecha Termiz shahar 26-umumta'lim maktabida shahar hokimi O'. To'rayev, “Yuksalish umummilliy harakati” viloyat bo'linmasi rahbari G.Amirova, "Nuroniy" jamg'armasi Termiz shahar bo'limi raisi T.Berdiyev, keng jamoatchilik faollari, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ishtirokida "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-sonli qarori 5-bandiga asosan nuroniylarni jamiyat hayotiga yanada faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakilllarining tajribasidan keng foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar o'rtasida barqaror muhitni vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targ'ib qilish va ijrosini ta'minlashda faol ishtirok etayotgan keksalar "Bir nuroniy 10 nafar yoshga mas'ul" tamoyili asosida Termiz shahridagi 37 ta mahalla fuqarolar yig'inlaridan muammolari mavjud, uyushmagan yoshlarga biriktirilgan, 37 nafar "Keksalar maslahati guruhi" raislari Termiz shahar hokimi O'.To'rayev tomonidan rag'batlantirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

✈️Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Mahalla yettiligi”ning asosiy vazifalari nimalardan iborat boʻladi?

mahalla raisi — ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga koʻmaklashish;

hokim yordamchisi — ishsizlarga ish topishga koʻmaklashish;

yoshlar yetakchisi — yoshlarni sport, musiqa va toʻgaraklarga jalb etish;

xotin-qizlar faoli — ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;

soliq xodimi — mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish;

ijtimoiy xodim — yolgʻiz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kabi aniq vazifalar bilan shugʻullanishi lozim.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦅Surxondaryo – taʼrifi xamsaga sigʻmaydigan gavhar, tariximizning bebaho ziynati, ishonch va irodaning mustahkam qoʻrgʻoni.

🦅Surxondaryo – bir-biridan goʻzal manzilgohlari, qadamjolari bisyor, maftunkor tabiat va betakror qadriyatlarga ega voha.

🗣Keling, koʻring, zavq oling. Bundan oladigan taassurotlaringiz arzirli va koʻngilga xush yoquvchi boʻlajak!

🗣Biz Sizni Surxondaryoda kutamiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟡Termiz shahridagi 16 ta mahalla isteʼmolchilarining tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida, “Qoraqir” AGRSdan kesimi D-219 mm boʻlgan 38,9 km yuqori bosimli gaz tarmogʻini tortish ishlari davom etmoqda.

Hozirda Surxon daryosidan quvurlarni tortib oʻtkazish va himoyalash ishlari olib borilmoqda. Loyiha yakunida 10 mingga yaqin aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gaz taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida sportning ''Milliy kurash'' turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿O'zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ 92-sonli qarorida ko'rsatib o'tilgan "Mahalla yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari ya'ni mahalladagi yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish milliy o'yinlarni, sport turlarini yoshlar o'rtasida ommalashtirish'' va besh tashabbusdagi loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar keng tashkil qilinmoqda.

🗣Xususan, mahallalardagi uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini  mazmunli oʻtkazish maqsadida 3-sektor mahalla yoshlari o‘rtasida sportning ''Milliy kurash'' turi bo‘yicha sektor bosqichi bo‘lib o‘tdi.

"Milliy kurash" da g'olib bo'lgan yoshlar diplom, esdalik sovg'alar hamda shahar bosqichiga yo'llanmalarni qo'lga kiritdilar!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Termiz shahri hududida jinoyatlar va huquqbuzarlik- larni oldini olish maqsadida viloyat prokurorining birinchi oʻrinbosari R.A.Namazov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan shaharning 2-sektor hududida joylashgan “Navroʻz”  mahallasida yashovchi muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, probatsiya guruhi hisobida ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan X.B.Murzayev va N.N.Xidayev hamda JKning 277-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, probatsiya guruhi hisobida ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan F.L.Abdunasirov va F.R.Aminqulovlarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning muammolari va jazo oʻtashlari oʻrganildi va ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ushbu mahalla hududida joylashgan “Baresco” nomli chilim (kalyan)xona faoliyati oʻrganilib, huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM