Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.77K subscribers
36.1K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
💐 Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik fidoyi oʻqituvchi va murabbiylar!

Prezidentimiz farmoniga koʻra, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor:

🏅“Doʻstlik” ordeni bilan

▪️Ismatova Latofat Ubaydulloyevna - Sariosiyo tumanidagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
▪️Permatova Nailya Rifkatovna - Jarqoʻrgʻon tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

🏅II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

▪️Shodiyeva Muhabbat Aminovna - Sherobod tumanidagi 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabining dutor sinfi oʻqituvchisi

🏅Shuhrat” medali bilan

▪️Xolmirzayev Sardor Zafar oʻgʻli - Shoʻrchi tumanidagi 125-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi
▪️Shaymardanova Gavxar Egamberdiyevna - Oltinsoy tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahridagi “Best” restoranida
1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni"ga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.


Xalqimiz azal-azaldan ustozlarni moʻtabar va tabarruk zot sifatida eʼzozlab kelgan. Ayniqsa, soʻnggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan taʼlim sohasini tubdan rivojlantirish, oʻqituvchi va murabbiylar, ustozlarning obroʻ-nufuzini yuksaltirish, ularga keng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida keng koʻlamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. 1-Oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni“. Ushbu sana xalqimizga xos boʻlgan ezgu anʼanalarning amaldagi ifodasi sifatida keng nishonlanishi bejiz emas.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
UZA| Termiz shahridagi “Best” tantanalar saroyida 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" ga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda shahardagi taʼlim muassasalari mutasaddilari, ilgʻor oʻqituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan hamda faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.

Tantanali marosimda shahar hokimi Oʻktam Toʻrayev oʻqituvchi-murabbiylarni bayram bilan tabrikladi. Ularga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.

Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/ustozlarga-ehtirom-korsatildi_524721

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh

Telegram | YouTube  |Facebook |Web-site
Termiz shahrida aholini uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida press-tur o'tkazildi

Shahrimiz kun sayin chiroy ochib bormoqda. Yoʻllar, koʻchalar, yangi qurilgan koʻp qavatli uylarga boqib, naqadar zamon bilan hamohang rivojlanayotganimizga guvoh boʻlyapmiz.  Yorugʻ va ajib dizayn koʻrinishidagi ko'chalar, tungi shahar ham barchani birdek oʻziga maftun qilgan. Shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshib turgan jihatlardan yana biri bu zamonaviy koʻp qavatli uylar yangicha tipda bunyod etilayotganligidir.

Termiz shahrida 1991-yilga qadar koʻp qavatli uy-joylar soni
405 tani tashkil qilgan boʻlsa,  2016-yilga qadar yana 29 ta koʻp qavatli uy joylar qurilishi xisobiga uy-joylar soni 434 taga yetkazilgan edi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Termiz shahrida soʻngi 7 yil ichida 360 ta, 1096 xonadonli koʻp qavatli uy-joylar qurilib, jami koʻp qavatli uy-joylar soni 790 taga yetdi. Buning hisobiga 12500 nafar aholining uy-joyga boʻlgan talabi qondirilishga erishildi. Shundan 3 855 tasi (41%) xonadon xotin-qizlarga toʻgʻri keladi.
2023 yilda jami 34 ta 7, 9, 12, 14 va 16 qavatli 3487 xonadonli koʻp qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan boʻlib, bugungi kunda qurilish ishlari olib borilmoqda va yil yakuniga qadar foydalanish uchun tayyor holga keltirish reja qilingan. Ularning birgina misolida press-tur doirasida tashrif buyurilgan koʻp qavatli, zamonaviy uy joylar kompleksi shaharning "Doʻstlik" mahallasi "Alisher Navoiy" koʻchasida qad rostlamoqda. Mazkur 3 ta-140 xonadondan iborat koʻp qavatli uy-joylarning qurilish ishlari toʻliq yakunlanib, oʻz egalariga topshiriladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Viloyat rahbari U.Qosimov, shahar hokimi O'.To'rayev, hokim o'rinbosarlari Termiz shahrining “Shodlik” mahallasida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish komissiyasi yigʻilishida ishtirok etdi. Mutasaddilarning suhbatidan soʻng 2 ta oila yarashtirildi. Masʼullarga ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh