🇺🇿Prezident topshirigʻi ijrosi: Termiz shahri “Ma'rifat” mahallasida 2 mlrd. soʻmlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
⏺Ma'lumki, Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifida berilgan topshiriqlarga asosan Termiz shahridagi 37 ta mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 2 mlrd. soʻmdan, jami 74 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
⏺Xususan, shaharning “Ma'rifat” mahallasida dasturga asosan beton qoplamali, asfalt va piyodalar yuradigan yo‘llar barpo etildi, "Workout" hamda bolalar maydonchalari ta'mirlandi, shuningdek, mahalla hududidagi o‘rindiqlar, devor yuzalari, chiqindi qutilari bo‘yoqlandi, katta va kichik daraxtlar oqlandi, xonadonlarning atroflari, ko‘cha bo‘yi hududlari, ariq (lotok)lar tozalandi, maydonlardagi o‘tlar o‘rib olinib, gullarga shakl berildi.
🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati
🗣Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh✈️Telegram |📹 YouTube |✅ Facebook|🌐 Web-site