Termiz shahrida joylashgan 26-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida jamoat va davlat arboblari, faxriylar, yoshlar, turli millat vakillari jam bo'lishdi.
Dastlab "Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul" koʻrik tanlovining Termiz shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Ishtirok etgan 10 nafar nuroniylarimiz orasidan gʻoliblariga viloyat bosqichiga yoʻllanma berildi.
Jarayon o'tkazilishi an'anaga aylangan tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan "Uch avlod uchrashuvi" bilan davom etdi. Yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirishdi. Bir guruh faollar taqdirlanishdi.
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9