Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.89K subscribers
38.3K photos
4.98K videos
72 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz!

Termiz shahrida “Xalqaro olimpiya kuni va Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi poygalariga “Surxon-Arena” sport majmuasi yonidan start berildi.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu poygalarda faol qatnashishga chorlab qolamiz!

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram YouTube  | Facebook| Web-site
👍1310🔥9👏8
"Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz!"

Termiz shahrida  “Xalqaro olimpiya kuni va Yoshlar kuni” munosabati bilan  “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi  bo'lib o'tdi.

Musobaqada qatnashganlar “Surxon-Arena” sport majmuasi yonidan "Bolajon bog'i" hududigacha bo'lgan masofada g'oliblik uchun bellashishdi.

Marafon yakunida marraga birinchi bo‘lib kelganlar diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram YouTube  | Facebook| Web-site
18🔥17👍9👏8
Matbuot anjumani

Termiz shahrida FHDYO sohasida fuqarolik uchun yaratilayotgan qulayliklar va shaffof xizmat ko'rsatish tizimi to'g'risida Termiz shahar FHDYO bo'lim boshlig'i M.Siddiqova ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda  tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar to'g'risida jurnalist va blogerlarga ma'lumotlar berildi.

Tug‘ilganlik tibbiyot muassasalari orqali FHDYo bo‘limlarida qayd etiladi. Bunda bola tug‘ilganida tug‘ruqxonada beriladigan tegishli QR-kodli ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilishi, nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun FHDYo bo‘limiga ariza berish eksperiment tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etilishi,
nikohdan o‘tish uchun ariza berilgani haqida yashash joyidagi mahalla komitetini xabardor qilish shart bo‘lmasligi, nikohdan ajratish haqida ariza berilganda yarashtiruv komissiyalariga elektron tizim orqali xabar yuborilishi, fuqarolarning familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishda tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga so‘rovnoma yuborish va xulosa olish axborot tizimi orqali amalga oshirilishi to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Matbuot anjumanida qatnashganlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.
21👍17👏13🔥9
Prezident topshirig‘i amalda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgan edi.

Davlatimiz rahbari topshiriqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida mahallardagi yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o'rganilmoqda.

Ayni maqsadda Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev "O'zbekiston" mahallasida yashovchi “qizil toifa”ga kiruvchi yoshlar xonadonida bo'ldi. Shu mahallada yashovchi Islom Umbarov uchun kompyuter jamlanmasi topshirildi.Shuningdek, Shaxnoza Ochilova xonadoniga ham tashrif buyurishib, tikuv mashinkasi berildi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram YouTube  | Facebook| Web-site
🔥3125👍9👏9
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️III миллий конференция: Зоминдаги медиа-форумнинг биринчи куни тафсилотлари

АОКА ташаббуси билан Жиззах вилоятининг Зомин туманидаги НКМК сиҳатгоҳида давлат органлари ва ташкилотлари ахборот хизматлари раҳбарлари иштирокида бўлиб ўтаётган аньанавий Медиа-форум III миллий конференция билан бошланди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
22🔥15👍10👏8
📣 Ҳурматли сурхондарёликлар!

Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги Сурхондарё вилояти бошқармасининг телеграм мессенжердаги расмий каналига аъзо бўлинг. Унда воҳамиз ҳаётига оид энг сўнгги хабар ва янгиликлар, вилоятдаги давлат ва хўжалик бошқаруви органлари ахборот хизматларининг фаолиятига оид материаллар эълон қилиб борилади.

🌏 Бошқарманинг расмий телеграм каналига қуйидаги ҳавола орқали аъзо бўлишингиз мумкин: 👇
https://t.me/AOKA_Surxondaryo
🔥18👍118👏8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Termiz shahridagi "Bog'zor" mahallasi hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, qurilish-taʼmirlash, uylarning fasad qismini bo‘yash, piyodalar yo‘laklari qurilishi va shu kabi boshqa ishlar amalga oshirilmoqda.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube  | Facebook| Web-site
31👍12👏9🔥8
⚡️Қурбон ҳайити муносабати билан кетма-кет 5 кун дам олиш куни бўлади

Президент фармонига биноан 29 июнь (пайшанба) куни ҳам иш ҳафтасидан қатъи назар барча учун қўшимча дам олиш куни сифатида эълон қилинди.

Демак, қуйидаги кунлар дам олиш куни бўлади:

28 июнь, чоршанба (Қурбон ҳайити);
29 июнь, пайшанба (барча учун қўшимча дам олиш куни);
30 июнь, жума (барча учун қўшимча дам олиш куни);
1 июль, шанба (6 кунликлар учун қўшимча дам олиш куни);
2 июль, якшанба.

Термиз шаҳар ҳокимлиги Ахборот хизмати.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍12🔥11👏8