Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.21K subscribers
27.7K photos
4.09K videos
58 files
9.56K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI FORUMI - 2021"

#Mening_armiyam_mening_faxrim🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Termiz shahridagi "Bolajon bogʻi" hududida Surxondaryo viloyati hokimligi, Janubiy-g'arbiy maxsus harbiy okrugi, Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida "#Mening_armiyam_mening_faxrim" shiori ostida yoshlar aksiyasi o'tkazildi.

Aksiya doirasida harbiy texnikalar va qurol-aslahalar koʻrgazmalari, shuningdek harbiylar qoʻl-jangi sahna koʻrinishlari, harbiy orkestr va yosh estrada xonandalarining konsert dasturi ham namoyish etildi.
SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA!

Bugun erta tongdan Termiz shahar hokimligi jamoasi, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari birgalikda aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish hamda ommaviy sportga jalb etish maqsadida "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostida piyoda yurish marafoni oʼtkazildi.
Muntazam ravishda piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oldini oladi va tanadagi ortiqcha kaloriyani yoʼqotishda yordam beradi.
Shunday ekan, hayotingizning birlamchi muhim omili boʼlgan sogʼligingizga vaqtida eʼtibor qaratib, kuningizning maʼlum bir vaqtini oilangiz yoki doʼstlaringiz bilan piyoda yurish bilan oʼtkazing!