Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Sirdaryo tumani ixtiyorida qoladigan mablag‘lar manbasi ko‘paytiriladi. Masalan, ma’muriy va moliyaviy jarimalar, soliq tekshiruvlari bo‘yicha penya, toifasi o‘zgargan qishloq yerlari uchun nobudgarchilik kompensatsiyasi, o‘rmon yerlari hududlarini ijara tushumlari, ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan tushgan mablag‘larning bir qismi tumanda qoladi.

Bundan tumanga yiliga qo‘shimcha 12 milliard so‘m tushadi.

Endilikda hokimda 4 nafar o‘rinbosar bo‘ladi. Rivojlanish rejasiga qarab, qaysi masalada o‘rinbosari bo‘lishini hokimning o‘zi belgilaydi.

Misol uchun, Sirdaryo tumani hokimi kelgusi uch yilda turizm, servis va logistikani tumanni asosiy drayveri sifatida ko‘rayapti. Shu bois, uning iqtisodiyot bo‘yicha 1-o‘rinbosari bir vaqtni o‘zida turizm, servis va logistikaga mas’ul bo‘ladi. Unga 10 ta aniq vazifa yuklatilib, har bir vazifa va funksiyasi mablag‘i bilan mustahkamlanadi.

Xuddi shunday, hokim va qolgan 3 nafar o‘rinbosariga ham aniq vazifalar moliyaviy ta’minoti bilan belgilab beriladi.

Hokim, uning o‘rinbosarlari KPIni to‘liq bajarsa, keyingi yil hududga beriladigan mablag‘ 10-15 foiz ko‘paytiriladi. Aksincha bo‘lsa, mablag‘ oshirilmaydi va mas’ul rahbar ishdan ketadi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Sirdaryo tumani hokimi 9 ta idora xodimlari, Savdo-sanoat palatasi, bank, soliq, kadastr vakili va yetakchi tadbirkorlardan iborat “Islohotlar shtabi”ni tuzadi.

“Islohotlar shtabi” uch oyda tumaning 38 ta mahallasi kesimida loyiha, infratuzilma, moliyaviy manba, kadrlar masalasini qamrab olgan uch yillik dastur tayyorlaydi. Kelgusi yil uchun byudjet, infratuzilma, ishlab chiqarish, xizmat, investitsiya va bandlik dasturlari shu asosda tasdiqlanadi.

Natijasiga qarab, bu yangi tajriba kelasi yildan butun respublikada yo‘lga qo‘yiladi. Yana bir muhim yangilik – ishchan va jozibador muhit yaratish uchun 1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi, xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi.

Lekin, qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmagan xodimlarga chora ko‘riladi. Ana shunda hamma intizom va reja bilan ishlashga o‘rganadi.

Viloyat, tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, vazirlar, bank rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: yarim yil yakuni bilan “g‘alvirni suvdan ko‘tarib”, kim nima ish qilgani bo‘yicha qattiq so‘rov qilaman”,

– dedi davlatimiz rahbari ma’ruzasi yakunida.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
🗣Shahar yoshlari, gala konsertga marhamat!

“Yoshlar oyligi” doirasida viloyat gala konserti Surxondaryo viloyati Termiz shahrining “Mustaqillik” maydonida bo‘lib o‘tadi!

Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturi barcha surxondaryoliklarni xushnud etishi shubhasiz.

📅Sana: 17-iyun
🕖Vaqt: soat 19:00
📍 Joy: “Mustaqillik” maydoni, Termiz shahri

💯 Kirish mutlaqo bepul!

🚧 E’tibor bering! Gala konsert munosabati bilan 17-iyun kuni soat 12:00 dan 00:00 gacha “Mustaqillik” maydoni atrofidagi yo‘llar (“Hakim at-Termiziy ko‘chasi) vaqtincha yopiladi. Fuqarolardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘raymiz va vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Gala konsertda sizni ko‘plab kutilmagan syurprizlar, yorqin chiqishlar va unutilmas onlar kutmoqda. Shoshiling, bayram kayfiyatini birgalikda baham ko‘raylik!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimizning Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlari asosida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlari hamda ko‘p qavatli turar joy massivlarini barpo etishga doir yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur yo‘nalishdagi loyihalarning ijrosi bilan tanishdi. Xususan, Termiz tumanida "Termiz" xalqaro aeroporti va Al-Hakim at-Termiziy majmuasini o‘zaro bog‘lovchi yangi yo‘l qurilishi, shuningdek, Angor tumanida 120 o‘rinli bog‘cha, 240 o‘rinli maktab va 300 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi o‘rganildi.

Tashrif davomida loyihalar ijrosi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Qurilish ishlarida kuzatilayotgan kamchiliklar va kechikishlar tahlil qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shu bilan birga, Termiz va Angor tumanlaridagi "Yangi O‘zbekiston" massivlarida turar joylar, ijtimoiy soha binolari, tadbirkorlik obyektlari va boshqa loyihalar qurilishi, ularda foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati o‘rganilib, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
17-iyun kuni soat 08:00 dan 14:00 gacha Termiz shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan 110/10/6 kV li “Sharq” podstansiyasida ta’mirlash ishlarini bajarish maqsadida “O'zbekiston”, “A.Avloniy”, “Bo'ston”, “Jayhun”, “Yulduz”, “Tuproqqo'rg'on”, “Gulirano” mahallalari hududida vaqti-vaqti bilan elektr energiya ta’minotida uzilish bo’lishini ma’lum qilamiz.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali uzr so‘raydi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahar “Bog’zor” mahallasining iqtidorli yoshi— Gulruxsorabegim Amerikadagi eng nufuzli universitetlardan biri — UC Berkeley School of Lawning LL.M. magistratura dasturiga rasman qabul qilindi! 🇺🇸

Zulfiyaxonim izdoshidan katta yutuq!

Bu universitet — 2025 yilgi QS reytingida dunyodagi eng yaxshi 10 talikka kirgan.

📚 UC Berkeleyni bitirgan mashhur shaxslar:
Steve Wozniak – Apple asoschilaridan biri
Eric Schmidt – Google sobiq CEO’si
Jennifer Doudna – Nobel mukofoti sovrindori, CRISPR gen tahriri kashfiyotchisi
Chris Pine – Gollivud aktyori
Gordon Moore – Intel asoschisi

📌 Bunday oliy darajadagi yutuq — bu shunchaki bir insonning emas, balki butun Surxondaryolik yoshlarning ilhom manbaidir. Gulruxsorabegim bundan avval PENN State va Boston Universitydan ham 100% grant asosida taklif olgan edilar!

🔰Eslatib o’tamiz Gulruxsorabegim “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

#Boom_TOP10

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishni Termiz shahrida davom ettirdi.

Dastlab, "Tinchlik" mahallasida kollektorni zamonaviy uslubda yopish orqali hosil qilingan bo‘sh maydonda tadbirkorlik, savdo va xizmat ko‘rsatish loyihalarining qurilishi hamda renovatsiya asosida turar joylar barpo etilishi o‘rganildi.

Shuningdek, qurilishi yakunlanib, jihozlangan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 19-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishildi. Mutasaddilar tomonidan loyiha ko‘rsatkichlari va bog‘chaning jihozlanishi haqida axborot berildi.

Bundan tashqari, shaharning "Surxon sohili" mahallasida 5 qavatli, "Manguzar" mahallasida esa "Yangi Termiz siti" majmuasidagi turar joylar va boshqa obyektlar qurilishi muhokama qilindi. Mutasaddilar tomonidan shahar hududidagi qurilish ishlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘rganishlar davomida Termiz shahrida amalga oshirilayotgan va yangidan boshlangan barcha loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida tegishli vazifalar prokuratura, qurilish inspeksiyasi va mas’ul boshqarmalarga yuklatildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X