Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Birinchi yarim yillikda 2 million 600 ming aholini band qilish, 722 ming odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilingan.

Lekin mablag‘ va sharoit bo‘lsa-da, bandlik rejasi 15 ta tumanda to‘liq bajarilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Bular – Muborak, Bo‘ston, Vobkent, Marhamat, Farg‘ona, Zangiota, Do‘stlik, Chortoq, Qorao‘zak, Uychi, Xonobod, Yangibozor, Parkent, Arnasoy va Uchko‘prik tumanlari.

Ushbu tuman hokimlari uch oyda rejaga chiqmasa, barchasi ishdan olinishi qayd etildi.

Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha Uchquduq, Angren va Karmanada ishlar sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizdagi 1 ming 24 ta mahalla “og‘ir” toifada, yana 1 ming 294 tasida jinoyatchilik, 1,5 mingida ajrimlar soni ko‘paygan. Eng ko‘p “og‘ir” mahallalar Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida.

Hozirgacha 8 ming 481 ta mahallada saylov bo‘lib o‘tdi. 3 ming 590 ta mahallaga yangi raislar saylandi, 4 ming 891 nafari joyini saqlab qoldi.

Mahallalar uyushmasi mahalla raislari va “yettalik”ni yangicha ishlashga o‘rgatishi zarurligi qayd etildi. Umuman, mahalla tizimida ancha masala yig‘ilib qolgani, saylov yakunlanganidan keyin ular alohida muhokama qilinishi ta’kidlandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
So‘nggi yetti yilda yo‘l qurish va ta’mirlashga berilgan 61 trillion so‘mning asosiy qismi xalqaro va respublika yo‘llariga to‘g‘ri keladi.

Lekin o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75–80 foizi ham shu yo‘llarda bo‘lyapti. Ayniqsa, aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekani qayd etildi. Aholining yana bir e’tirozi – yo‘llardagi kameralar dislokatsiyasi.

Ular faqat qoidabuzarlikni qayd etib, jarima yozish uchun ishlayapti. Bu kameralar aslida transport oqimini boshqarish, tirbandlik va avariyani kamaytirishga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi. Chorraha, chiziq va yo‘l belgilarini to‘g‘rilash, svetoforlarni “aql­li” boshqaruvga o‘tkazish bo‘yicha ishlar sustligi tanqid qilindi.

Poytaxtda transport harakatini sun’iy intellekt asosida tartibga solish bo‘yicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt bo‘lgani, lekin natija yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Bir narsani to‘g‘ri tushunib olish zarur. Tuman bo‘g‘ini samarali ishlamasa, yuqoridan qanday topshiriq tushirilmasin, ko‘zlangan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi”,
– dedi Prezident.

Masalan, tumandagi xodimning oyligi vazirlikka qaraganda 3–4 karra kam bo‘lgani uchun kadrlar qo‘nimsizligi yuqori ekani qayd etildi. Tuman hokimiga yuzdan ortiq qonun va qarorlar bilan 500 ga yaqin funksiyalar yuklatilgani bilan, ularning yarmidan ko‘pini bilmaydi. Chunki o‘zi ham, o‘rinbosarlari ham 40 foiz vaqtini yig‘ilish o‘tkazishga sarflayapti.

Tuman tashkilotlari shtatini taqsimlash, yaxshi rahbarni rag‘batlantirish, yomonini almashtirish bo‘yicha hokimda vakolat yo‘q. Quyi bo‘g‘indagi shtatlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadiga mos emas.

Tumandagi kompleks rivojlanishga mas’ul birorta idora 3–5 yillik maqsad va rejalar dasturini qilib, hokim oldiga masala qo‘ya olmayapti, kunlik topshiriqlar bilan ovora. Shu bois, ayrim tumanlarda tayyor berilgan resursga ham loyiha topilmayapti.

Surxondaryo.uz
Endilikda tumanda ish ham, yondashuv ham, boshqaruv tizimi ham o‘zgarishi belgilandi.

Bu tizim yil yakunigacha Surxondaryoda to‘liq, qolgan hududlarda jadal rivojlantirish belgilangan 15 ta tuman va shahar - Qo‘ng‘irot, Chimboy, Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Yakkabog‘, Xatirchi, Chortoq, Bulung‘ur, Sirdaryo, Quva, Shovot, Hazorasp tumanlari, Marg‘ilon va Yangiyo‘l shaharlarida, Toshkent shahrida esa Bektemir tumanida joriy qilinadi.

Prezident Administratsiyasi va Hukumat vakillari hamda viloyat hokimlari bunga mas’ul bo‘ladi.

Prezidentimiz yangi tizimni Sirdaryo tumani misolida tushuntirib berdi.

Jumladan, kompleks rivojlantirishga mas’ul 9 ta vazirlikning tuman bo‘limi hokimlik tizimiga o‘tadi. Bular – iqtisodiyot va moliya, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, bandlik, qurilish, ekologiya, madaniyat, oila va xotin-qizlar, yoshlar bo‘limlari.

Tuman hokimi hokimlik va ushbu 9 ta idoradagi shtatlarni o‘zi taqsimlab, qaysi bo‘limda nechta odam ishlashini, ishga olish-bo‘shatishni o‘zi hal qiladi.
Sirdaryo tumani ixtiyorida qoladigan mablag‘lar manbasi ko‘paytiriladi. Masalan, ma’muriy va moliyaviy jarimalar, soliq tekshiruvlari bo‘yicha penya, toifasi o‘zgargan qishloq yerlari uchun nobudgarchilik kompensatsiyasi, o‘rmon yerlari hududlarini ijara tushumlari, ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan tushgan mablag‘larning bir qismi tumanda qoladi.

Bundan tumanga yiliga qo‘shimcha 12 milliard so‘m tushadi.

Endilikda hokimda 4 nafar o‘rinbosar bo‘ladi. Rivojlanish rejasiga qarab, qaysi masalada o‘rinbosari bo‘lishini hokimning o‘zi belgilaydi.

Misol uchun, Sirdaryo tumani hokimi kelgusi uch yilda turizm, servis va logistikani tumanni asosiy drayveri sifatida ko‘rayapti. Shu bois, uning iqtisodiyot bo‘yicha 1-o‘rinbosari bir vaqtni o‘zida turizm, servis va logistikaga mas’ul bo‘ladi. Unga 10 ta aniq vazifa yuklatilib, har bir vazifa va funksiyasi mablag‘i bilan mustahkamlanadi.

Xuddi shunday, hokim va qolgan 3 nafar o‘rinbosariga ham aniq vazifalar moliyaviy ta’minoti bilan belgilab beriladi.

Hokim, uning o‘rinbosarlari KPIni to‘liq bajarsa, keyingi yil hududga beriladigan mablag‘ 10-15 foiz ko‘paytiriladi. Aksincha bo‘lsa, mablag‘ oshirilmaydi va mas’ul rahbar ishdan ketadi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Sirdaryo tumani hokimi 9 ta idora xodimlari, Savdo-sanoat palatasi, bank, soliq, kadastr vakili va yetakchi tadbirkorlardan iborat “Islohotlar shtabi”ni tuzadi.

“Islohotlar shtabi” uch oyda tumaning 38 ta mahallasi kesimida loyiha, infratuzilma, moliyaviy manba, kadrlar masalasini qamrab olgan uch yillik dastur tayyorlaydi. Kelgusi yil uchun byudjet, infratuzilma, ishlab chiqarish, xizmat, investitsiya va bandlik dasturlari shu asosda tasdiqlanadi.

Natijasiga qarab, bu yangi tajriba kelasi yildan butun respublikada yo‘lga qo‘yiladi. Yana bir muhim yangilik – ishchan va jozibador muhit yaratish uchun 1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi, xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi.

Lekin, qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmagan xodimlarga chora ko‘riladi. Ana shunda hamma intizom va reja bilan ishlashga o‘rganadi.

Viloyat, tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, vazirlar, bank rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: yarim yil yakuni bilan “g‘alvirni suvdan ko‘tarib”, kim nima ish qilgani bo‘yicha qattiq so‘rov qilaman”,

– dedi davlatimiz rahbari ma’ruzasi yakunida.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
🗣Shahar yoshlari, gala konsertga marhamat!

“Yoshlar oyligi” doirasida viloyat gala konserti Surxondaryo viloyati Termiz shahrining “Mustaqillik” maydonida bo‘lib o‘tadi!

Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturi barcha surxondaryoliklarni xushnud etishi shubhasiz.

📅Sana: 17-iyun
🕖Vaqt: soat 19:00
📍 Joy: “Mustaqillik” maydoni, Termiz shahri

💯 Kirish mutlaqo bepul!

🚧 E’tibor bering! Gala konsert munosabati bilan 17-iyun kuni soat 12:00 dan 00:00 gacha “Mustaqillik” maydoni atrofidagi yo‘llar (“Hakim at-Termiziy ko‘chasi) vaqtincha yopiladi. Fuqarolardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘raymiz va vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Gala konsertda sizni ko‘plab kutilmagan syurprizlar, yorqin chiqishlar va unutilmas onlar kutmoqda. Shoshiling, bayram kayfiyatini birgalikda baham ko‘raylik!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimizning Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlari asosida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlari hamda ko‘p qavatli turar joy massivlarini barpo etishga doir yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur yo‘nalishdagi loyihalarning ijrosi bilan tanishdi. Xususan, Termiz tumanida "Termiz" xalqaro aeroporti va Al-Hakim at-Termiziy majmuasini o‘zaro bog‘lovchi yangi yo‘l qurilishi, shuningdek, Angor tumanida 120 o‘rinli bog‘cha, 240 o‘rinli maktab va 300 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi o‘rganildi.

Tashrif davomida loyihalar ijrosi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Qurilish ishlarida kuzatilayotgan kamchiliklar va kechikishlar tahlil qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shu bilan birga, Termiz va Angor tumanlaridagi "Yangi O‘zbekiston" massivlarida turar joylar, ijtimoiy soha binolari, tadbirkorlik obyektlari va boshqa loyihalar qurilishi, ularda foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati o‘rganilib, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
17-iyun kuni soat 08:00 dan 14:00 gacha Termiz shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan 110/10/6 kV li “Sharq” podstansiyasida ta’mirlash ishlarini bajarish maqsadida “O'zbekiston”, “A.Avloniy”, “Bo'ston”, “Jayhun”, “Yulduz”, “Tuproqqo'rg'on”, “Gulirano” mahallalari hududida vaqti-vaqti bilan elektr energiya ta’minotida uzilish bo’lishini ma’lum qilamiz.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali uzr so‘raydi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram