🗣SHAHAR TIBBIYOT MUASSASASIDA AMALIY TASHRIF O‘TKAZILDI⏺Bugun Viloyat hokimining o’rinbosari
I.Saparov, Termiz shahar hokimi
Sh.Lolayev shahar tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tibbiyot muassasasining faoliyati, mavjud shart-sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishildi.
⏺Shahar hokimi joylarda mavjud
kamchilik va muammolarni o‘rganib, muassasa rahbariyati hamda tibbiyot xodimlari bilan
ochiq muloqot o‘tkazdi. Jarayonda tibbiy xizmat sifati, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minot, xodimlar soni va ularning ish sharoitlariga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
⏺Shuningdek, tibbiyot birlashmasi rahbariyati va xodimlar tomonidan
bir qator taklif va mulohazalar ilgari surilib, ularning har biri alohida qayd etildi. Shahar hokimi bu takliflarni
amaliy jihatdan ko‘rib chiqish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
⏺Uchrashuv yakunida Sh.Lolayev tibbiyot tizimi faoliyatini takomillashtirish, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida mavjud kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish zarurligini ta’kidlab,
tibbiyot birlashmasi rahbariyatiga muayyan vazifalarni belgilab berdi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram