🗣Tailand delegatsiyasida Termizdagi budda yodgorliklari katta qiziqish uyg‘otdi
⏺Tailand Qirolligi Buddaviylar oliy patriarxi o‘rinbosari Siriphrommakhun Phrathepprasitthimon boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatida qadimgi Kushonlar saltanatiga oid Fayoztepa budda monastir ibodatxonasi, Qoratepa budda g‘or ibodatxonalar majmuasi va Zurmala stupasi bilan tanishdi.
⏺Mehmonlarga Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek To‘rayev viloyatda o‘tmishdan saqlanib qolgan arxeologik yodgorliklar va ularni saqlash, atrofini obodonlashtirib, ko‘kalamzorlashtirish, sayyohlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram