Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Dolzarb 90 kunlik” doirasida bolalar bayrami Termiz shahrida yuqori kayfiyatda o‘tkazildi!

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Termiz shahrida yana bir yorqin va ahamiyatli tadbir tashkil etildi.

Shahar “Bog‘ishamol” mahallasidagi “Movaro uylari” sayilgohida o‘tkazilgan “Iqtidorli bolalar” gala-konsert dasturida 1500 nafardan ortiq aholi va yoshlar ishtirok etdi.

Bayramona ruhda tashkil etilgan ushbu tadbir davomida iqtidorli o‘quvchilar, san’atga qiziquvchi bolalar sahnada o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarga quvonch va ilhom ulashdi.

Tadbir mehmonlari uchun konsert dasturidan tashqari bolalar uchun qiziqarli o‘yinlar, musobaqalar, sovg‘alar ham tashkil etildi. Bu esa ishtirokchilarning ko‘nglidan chuqur joy oldi.

Bunday bayramlar farzandlarimizga e’tibor, mehr va quvonch ulashish, ularning kelajagiga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardandir.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrining qush parvozi balandligidan tungi manzarasi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar | “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” keng nishonlandi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar | “Maktabgacha ta’limda 4K modelidan samarali foydalanish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahar “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasi, “Boboqo‘rg‘on” ko‘chasida joylashgan kanalizatsiya tarmog‘i bilan bog‘liq nosozliklar keng jamoatchilik e’tiboriga tushib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masala befarq qoldirilmadi — aniqlangan texnik nosozliklar yuzasidan zudlik bilan chora-tadbirlar ko‘rildi. Qisqa vaqt ichida mavjud muammolar bartaraf etilib, hududda toza va xavfsiz muhit tiklandi.

Aholining kundalik hayoti va sanitariya-gigiyena talablari inobatga olingan holda, tegishli xizmatlar tomonidan kanalizatsiya tizimining ishlash samaradorligi tiklandi. Nosoz joylar ta'mirlanib, atrof muhitda tozalik va tartib-intizom ta'minlandi.

Shu o‘rinda, mahallalarda yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida ko‘tarib chiqayotgan, ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqayotgan faol fuqarolar, blogerlar va jamoatchilik vakillariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bunday fuqarolik pozitsiyasi har bir masalani tezkor hal qilishga, hamkorlik ruhida ishlashga turtki bo‘lmoqda.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 “Долзарб 90 кун” — ёзни фойдали ўтказ!

🗓 Президентимиз ташаббуси билан 1 июндан 30 августгача ўқувчи-ёшлар учун “Долзарб 90 кун” лойиҳаси амалга оширилмоқда.

🎯 Лойиҳа мақсади — ёшларнинг таътил даврини мазмунли ташкил этиш, уларни маданий, маърифий ва спорт тадбирларига фаол жалб қилиш.

👦👧 7 миллион нафардан зиёд ўқувчи турли тўгараклар, мусобақалар ва фойдали машғулотларда иштирок этади.

🌞 Ёз — фақат дам олиш эмас, балки ўсиш, ўрганиш ва ривожланиш мавсуми ҳам!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxon
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий, стипендий и пособий"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident qarori bilan ehtiyojmand oilalarga yil davomida gaz va elektr uchun kompensatsiya to‘lanadi

📢 Yoqilg‘i-energetika sohasida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim hujjat imzolandi. Endilikda kam ta’minlangan oilalarga yilning har oyida gaz va elektr energiyasi uchun davlat tomonidan kompensatsiya beriladi.

🗓 Qaror 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha amal qiladi va quyidagi toifadagi oilarni qamrab oladi:
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalar;
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar;
Ikkala reyestrda mavjud bo‘lmasa-da, mol-mulki kam va har bir a’zoga to‘g‘ri keladigan oylik daromadi 1 million so‘mdan kam bo‘lgan oilalar.

💰 Kompensatsiya miqdori qanday belgilanadi?
🔌 Elektr energiyasi bo‘yicha:
Har oyda 200 kVt soat bazaviy me’yordan ortiq ishlatilgan 150 kVt soatgacha bo‘lgan qismi uchun.

🔥 Tabiiy gaz bo‘yicha:
Noyabr–fevral oylarida – bazaviy 500 kub metr me’yordan ortiq ishlatilgan 250 kub metrgacha bo‘lgan qismi uchun;
Boshqa oylarda – 150 kub metrgacha bo‘lgan ortiqcha sarf uchun.

💡 Kompensatsiya tartibi: Davlat tomonidan mazkur bazaviy me’yordan oshgan iste’mol uchun belgilangan yuqori tarif va bazaviy tarif o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

📌 Muhim farq: Ilgari bu imtiyozlar faqat qish mavsumida (noyabr–fevral) amal qilgan bo‘lsa, endilikda har oyda, yil davomida qo‘llaniladi.

🔎 Masalan: Agar oila bir oyda 350 kVt elektr energiyasi iste’mol qilsa, uning 200 kVti uchun oddiy tarifda, qolgan 150 kVti uchun esa kompensatsiya ajratiladi – bu orqali oilaning xarajati kamayadi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termizda BMT va Shveytsariya bilan hamkorlikda mahalliy boshqaruv tizimi takomillashmoqda

Bugun Termiz shahar hokimi Sh. Lolayev boshchiligida Shveytsariya Taraqqiyot va Hamkorlik agentligi (SDC) vakili Tyerri Umber rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv BMTning “Yoshlar va bolalar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiya qilish” qo‘shma dasturi doirasida tashkil etildi. Ushbu tashabbus doirasida Termiz shahar hokimligi, “Yuksalish” harakati va BMT agentliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Dastur mahalliy hokimiyatni yoshlar va bolalar ehtiyojlariga yo‘naltirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash, xalqaro tajribalarni joriy etishga qaratilgan.

Uchrashuvda boshqaruvdagi vakolatlar aniqligi, moliyaviy mustaqillik, ishtirokli byudjet, yoshlar maslahatchi kengashlari va innovatsion yechimlar muhokama qilindi.

Bunday hamkorliklar orqali Termiz shahrida aholiga qulay, zamonaviy va ishonchli boshqaruv tizimi shakllantirilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM