Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣TERMIZ SHAHRIDA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA BAG‘ISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Termiz shahrida maktabgacha va maktab ta’lim tizimidagi olib borilayotgan islohotlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifat darajasi, yilning yakuni, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari va “90 kun – 90 amaliy ish” tashabbuslari doirasida amalga oshirilayotgan muhim vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanning asosiy maqsadi – davlatimiz tomonidan ta’lim sohasini rivojlantirish, pedagoglar mehnatini e’tirof etish, o‘quvchilarga zamonaviy va sifatli bilim berish tizimini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, yoshlarga doir davlat siyosatining amalga oshirilishi yuzasidan ochiq muloqot yuritishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, umumta’lim maktablari rahbarlari — direktorlar va ularning o‘rinbosarlari, yetuk va ilg‘or o‘qituvchilar, Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi rahbari F.Xalmuratov, mahalla yoshlar yetakchilari, faol va tashabbuskor yoshlar, Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi Aziza Qosimova, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va keng jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.

Anjuman davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yangi o‘quv yilida joriy etiladigan yangiliklar, darsliklar va o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlanish holati, maktablar infratuzilmasini zamon talablariga mos ravishda yaxshilash bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar xususida atroflicha axborot berildi.

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi sifat o‘zgarishlari, bolalar bog‘chalarida joriy etilayotgan zamonaviy metodikalar, pedagoglarning malaka oshirish dasturlari va ota-onalar bilan samarali hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, yoshlarni bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sport va madaniy tadbirlar, ijodiy to‘garaklar, kasbga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat haqida ham keng ma’lumotlar berildi. Yoshlar salohiyatini ochish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish yo‘lida amalga oshirilayotgan tashabbuslar ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi.

Matbuot anjumani ochiq muloqot shaklida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, mavjud muammolar bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdilar. Har bir murojaat mutasaddilar tomonidan diqqat bilan tinglanib, tegishli javoblar berildi.

Yakunda anjuman ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar asosida ta’lim sifatini oshirish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Prezidentimiz tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar sohasini kengaytirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida barpo etilayotgan "Botanika bog‘i" hududida turizm yo‘nalishidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Jumladan, mehmonxonalar qurilishi, xalqaro va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar bo‘ylab "Turizm bekatlari"ni tashkil etish, "Zovboshi" massivida tog‘-dor yo‘li barpo etish, shuningdek, "Termiz Plaza" mehmonxonasini kengaytirishga oid tashabbuslar muhokama qilindi.

Taqdimot davomida loyihalarning texnik va amaliy jihatlari batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, "Botanika bog‘i" hududida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlar tomonidan axborot berildi.

Viloyat hokimi tomonidan mehmonxonalar qurilishini jadallashtirish, qurilishi yakunlangan obyektlarni qisqa muddatda foydalanishga topshirish, shuningdek, zamonaviy qulayliklar — elektromobillar uchun zaryad qurilmalari, Wi-Fi tarmog‘i, ochiq kutish joylari kabi infratuzilmalarni qamrab olgan namunaviy "Turizm bekati"ni yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, Termiz shahrida Musiqali drama teatri uchun yangi bino qurish, shahar va tumanlar markazlarida esa kutubxonalar barpo etish loyihalari ham ko‘rib chiqildi. Soha mas’ullariga tanlangan maydonlarda ushbu loyihalarni yuqori saviyada va namunaviy tarzda amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
📣 АЗИЗ ВОҲАДОШЛАР!

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги Сурхондарё вилояти ҳудудий бошқармасининг Telegram'даги АОКА | Сурхондарё расмий ахборот каналига аъзо бўлинг – қимматли вақтингизни тежанг ва ишончли ахборот манбаига эга бўлинг!

📌 Энг муҳим ва сўнгги янгиликлар;
📌 Расмий манбалар орқали тасдиқланган ахборотлар;
📌 Ҳудуддаги муҳим тадбирлар ва ўзгаришлар ҳақида тезкор маълумотлар;
📌 Махсус интервьюлар, таҳлиллар ва фойдали маълумотлар — ҳаммаси бир жойда!

🔔 АОКА | Сурхондарё – тезкор, холис ва ишончли!

📲 Каналга уланиш: https://t.me/AOKA_Surxon
🗣Termiz shahar hududida reklamalarni tartibga solish ishlari davom etmoqda

Termiz shahar hokimligi Ishchi guruhi a’zolari tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda shahar hududining Taraqqiyot hamda Shukrona kochalaridagi noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalar, tashqi reklama bannerlari demontaj qilindi.

Hurmatli tadbirkorlar!!! Tashqi axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalarning, reklama qurilmalarini o‘rnatishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori talablariga rioya etishingiz so‘raladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM