Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.92K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-oktabrdagi "Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi 665-sonli qaroriga asosan, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Sho‘rchi va Sherobod tumanlariga zamonaviy "Samosval" rusumidagi maxsus yuk tashuvchi transport vositalari topshirildi.

Mazkur texnikalar tumanlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mavjud yo‘llarni ta’mirlash va yangi yo‘llar qurilishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu tashabbus hududlarda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash va erkin harakatlanish imkoniyatlarini yaratishda katta ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida shahar va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning navbatdagi onlayn qabuli ham o‘tkazildi. Qabul davomida Termiz shahri va tumanlardagi Xalq qabulxonalari orqali murojaat qilgan hamda shaxsan qabul so‘ragan 77 nafar fuqaroning 98 ta turli masaladagi muammolari tinglandi.

Mutasaddi rahbarlar ishtirokida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 18 tasi qabul jarayonida ijobiy hal etildi. Yana 80 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etgani sababli viloyat, shahar va tuman darajasidagi 72 nafar mas’ul rahbarga biriktirilib, qat’iy nazoratga olindi.

Shuningdek, qabulda O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Markaziy boshqaruvi raisi Ergash Narpulatov ham ishtirok etdi. U joylardagi ko‘zi ojiz va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning muammolarini ko‘tarib chiqdi. Jumladan, jamiyatning 185 nafar a’zosi tomonidan 240 ta masala yuzasidan murojaat bildirilgan bo‘lib, ularni hal etish uchun 175 nafardan ortiq mas’ul va rahbar biriktirildi.

📝Eslatma: Vohadoshlarimiz quyidagi havolalar orqali bevosita viloyat hokimiga murojaat yo‘llashlari mumkin:
Telegram guruh: https://t.me/qosimovgamurojaat
Telegram bot: @surxondaryouz_bot

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Viloyat hokimining topshirig‘i amalda

Avval xabar berilganidek, bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan shahar va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning muammolari tinglandi va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahar hokimi Sh.Lolayev tomonidan shahar studiyasidan ishtirok etgan ko‘zi ojiz va nogironligi bo‘lgan har bir fuqaro bilan samimiy muloqot qilinib, ularning taklif va muammolarini tezkor hal etish masalalari kelishib olindi.

Shundan so‘ng, ko‘zi ojiz va nogironligi bo‘lgan bir guruh fuqarolar bilan dasturxon ustida suhbat davom ettirilib, ular tomonidan el-yurt tinchligi va farovonligini so‘rab duolar qilindi.

Shuningdek, shahar hokimi Sh.Lolayev O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Markaziy boshqaruvi raisi E.Narpulatov bilan birgalikda shahardagi “Navro‘z” mahallasida yashovchi Otamurodova Dilfuzaxon xonadonida bo‘lib, uning murojaatiga asosan muzlatgich bilan ta’minlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar | Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari joylarda keng nishonlandi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Bugun 26-may haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Butunjahon Qizil soch kuni.
🌏Butunjahon Drakula kuni.
🇦🇺Avstraliya - Milliy kechirim kuni.
🇺🇦Ukraina, 🇷🇺Rossiya, 🇰🇿Qozogʻiston, 🇧🇾Belarus – Kimyo sanoati xodimlari kuni.
🇷🇺Rossiya – Tadbirkorlik kuni.

#muhim_voqealar
🔹1761 – Mixail Lomonosov Venera sayyorasi atmosferasini aniqladi.
🔹1897 – B. Stoker “Drakula” romanini chop ettirdi.
🔹1928 – FIFA tashkiloti har to‘rt yilda bir marotaba futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish borasida qaror qabul qildi.
🔹1994 – Xalqaro “Navro‘z” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi.

#tavalludlar
🔹1265 – Dante Aligeri – florensiyalik shoir, italyan adabiy tilining asoschilaridan biri, mutafakkir, ilohiyotchi, mashhur “Ilohiy komediya” ning muallifi.
🔹1814 – Genrix Geysler – nemis olimi, termometr va boshqa qator kimyoviy uskunalar ixtirochisi.
🔹1822 – Edmon De Gonkur – fransuz adibi.
🔹1877 – Aysedora Dunkan – amerikalik raqqosa.
🔹1947 – Tilak Jo‘ra – hassos shoir, adabiyotshunos, tarjimon.
🔹1974 – Sherzodxon Qudratxoʻja – jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, OʻzJOKU rektori, “Xalqaro press klub” NNT raisi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Prezidentimiz ta’kidlaganidek, sanoat, eksport va tushum bo‘yicha "respublika – tarmoq – viloyat – tuman" vertikal tizimidagi masalalar o‘z vaqtida va to‘liq hal qilinganida sanoatda yana 2 foizlik o‘sishga erishish mumkin edi.

Shu munosabat bilan uch kun muddatda "respublika – tarmoq – viloyat – tuman" vertikali bo‘yicha har bir masalani tezkor hal qilish uchun respublikadan aniq mas’ullarni belgilash va joylarga yuborish topshirildi.

Vertikal bo‘yicha qaysi bo‘g‘inda muammo yechilmasa, o‘sha tizim mas’ullaridan so‘rov qattiq bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, birinchi 4 oyda eksport 20 foizga oshdi. Yuqori o‘sish sur’atlari asosan kimyo, oziq-ovqat, meva-sabzavot, IT, turizm va transport xizmatlari hisobidan ta’minlanmoqda.

Lekin to‘qimachilik eksporti 825 million dollar, ya’ni o‘tgan yilgidan 175 million dollarga kam bo‘ldi. To‘qimachilik sohasidagi 1,5 mingdan ziyod yirik va o‘rta korxonadan faqat 244 tasida xalqaro sertifikat bor.

Savdo-sanoat palatasi har bir korxonaga borib, sertifikat olishga ko‘maklashsa, qo‘shilgan qiymatni ham, eksportni ham oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Navoiy Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida xalqaro sertifikatga ega korxonalarni 20 taga yetkazish, qolgan hududlarda yana 10 tadan korxonaga sertifikat olishga ko‘maklashish vazifasi qo‘yildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Milliy brendlarni ko‘paytirish, mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi. Ushbu kompaniya:

xorijdan brend-menejer, dizayner, marketolog, piar-menejerlarni olib keladi;

xalqaro sertifikati bor, sifati yuqori va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab oladi;

ularga sifat belgisini berib, brendini dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasini boshlaydi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM