Prezidentimizning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni mustahkamlash bo‘yicha 2022 yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tashabbusini ilgari surishda ko‘p tomonlama munozara maydonini shakllantirish uchun tashkil etilgan forum O‘zbekiston Afg‘oniston chegarasidagi “Termiz” xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasi bilan tanishuv bilan boshlandi.
Erkin savdo zonasida yaratilgan imtiyozlar doirasida barcha chet davlat fuqarolariga O‘zbekistonga kirish vizasisiz 15 kun markazda bo‘lish va chiqish imkoniyati beriladi. Multivalyuta, ya’ni O‘zbekiston so‘mi bilan birga AQSH dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan qabul qilish tizimi joriy etilgan. Markaz hududiga keluvchi barcha tovarlar bojxona to‘lovlarisiz joylashtiriladi va chiqariladi. Hududda banklar, notariuslar va boshqa davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan. Shuningdek, majmuada “Hilton Garden Inn” mehmonxonasi, “Akfa Medline” zamonaviy tibbiyot majmuasi, “Central Asia University” biznes maktabi, yirik savdo markazi, restoran, xostel, yiliga 900 ming tonna yuk aylanmasi quvvatiga ega yirik logistika markazi, ishlab chiqarish korxonalari barpo etilgan. Maydoni 50 ming kvadrat-metr bo‘lgan mingta savdo do‘koni, bir yilda 100 ming yuk mashinasini qabul qilish quvvatiga ega avtoturargoh qurilgan.
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Tadbir davomida so‘z olgan nuroniylar, yoshlarga o‘z tajribalari orqali bir qancha muhim maslahatlar berdilar. O‘zbekistonning kelajagi yoshlar ekanligi ta'kidlanib, ular uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirildi. Xususan, chet tillarini o‘rganishning ahamiyati alohida ta'kidlandi. Bu zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlardan biri ekanligini nuroniylar yoshlarning e’tiboriga yetkazdilar. Shuningdek, sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishish, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlik yo‘llarini egallash ham ko‘rsatilgan yo‘nalishlar sifatida ta’riflandi. Mahallaning yoshlariga o‘zaro muhabbatni, ota-ona va do‘stlarga hurmatni oshirish, vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish kabi axloqiy qadriyatlar ham alohida e’tibor qaratilgan masalalar bo‘ldi. Shuningdek, yoshlarning o‘z madaniy va axloqiy tarbiyasini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Bu, yoshlarni nafaqat bilim bilan, balki insoniy fazilatlar bilan ham tarbiyalash muhimligini anglatadi.
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7