Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termiz shahridagi obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Rasmiy munosabat


So’nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasining ko’chalari “abgor” holatda deya talqin etilgan video tasvirlar tarqaldi. Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida, quyidagilarni ma’lum qilamiz:

💬Hozirgi kunda Termiz shahrida keng ko’lamli obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. “Majnuntol” mahallasi hududidagi ko’chada ham suv quvurlari o’tkazish maqsadida qozish va boshqa qurilish obodonlashtirish ishlari jadal ravishda davom etmoqda. Bu jarayonlarning yakuniga yetmaganini inobatga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video tasvirlardagi holatlar noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

💬Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ayni paytda shaharning boshqa hududlarida ham yo‘l ta’mirlash, infratuzilma obodonlashtirish va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarning barchasi shahar aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash, ko’chalar va yo’llarning sifatini oshirishga qaratilgan.

Shu o’rinda, jarayonlar hali yakunlanmaganligini hisobga olib, barvaqt xulosa chiqarmaslikni tavsiya etamiz. Har bir loyihaning o’ziga xos murakkabligi mavjud bo’lib, bu jarayonlar o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun barcha zarur choralar ko’rilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
🗣18-may – Xalqaro muzeylar kuni. Bugun barcha muzeylarda aholiga bepul xizmat ko‘rsatiladi

Surxondaryo viloyatida 3 ta – Termiz arxeologiya muzeyi, "Termiz" davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda Termiz va termiziylar merosi tarixi muzeyi faoliyat yuritmoqda.

Ularda yurtimizning bir necha ming yillik tarixi va madaniyati, ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga oid 200 mingdan ortiq ashyolar, tarixiy ma’lumotlar saqlanmoqda.

18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan bugun ushbu muzeylarda "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazilib, tashrif buyuruvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🤩1
🗣Bugun 19-may haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Butunjahon oilaviy shifokorlar kuni.
🌏Butunjahon non pishirish kuni.
🌏Yallig'lanishli ichak kasalligi kuni.
🇰🇬Qirg‘iziston – Onalar kuni.
🇹🇴Tonga – Otalar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1586 – Samara shahriga asos solindi.
🔹1910 – Galley kometasining qaytishi.
🔹1961 – Venera-1 uchuvchisiz kosmik kemasi birinchi marta Venera yaqinidan uchib o‘tdi.
🔹1995 – Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqoti markazi ochildi.
🔹2012 – “Chelsi”  birinchi marta UEFA chempionlar Ligasining g‘olibi bo‘ldi.

#tavalludlar
🔹1762 – Iogann Gotlib Fixte – nemis faylasufi. 
🔹1881 – Mustafo Kamol Otaturk – Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti.
🔹1938 – Nazar To‘raev – fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
🔹1945 – Shuhrat Ergashev – kinoaktyor, O‘zbekiston xalq artisti .
🔹1979 – Andrea Pirlo – italyan futbolchisi, jahon chempioni.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда "Ўзбекистон–2030" стратегияси, Болалар саратони бўйича глобал ташаббус (GICC), Барқарор ривожланиш мақсадлари доирасида ЖССТ, ЮНИСЕФ, Вена халқаро тиббиёт университети ва бошқа халқаро ташкилотлар кўмагида 2025–2030 йилларга мўлжалланган Болалар саратонига қарши курашиш миллий стратегияси ишлаб чиқилди ва қабул қилинди.

Ушбу воқеа болалар саратонига қарши курашда янги босқични бошлаб беради, ташхис қўйиш ва даволашда мультидисциплинар ёндашувни таъминлаш орқали педиатрия ёрдамини кўрсатиш тизимини такомиллаштиради.

Миллий стратегия соғлиқни сақлаш тизимини модернизация қилишга йўл очади, кадрлар ва инфратузилма салоҳиятини мустаҳкамлайди, болаларга барча даражаларда юқори сифатли тиббий ёрдам кўрсатишга ягона ёндашувни шакллантиради.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍2