Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bolalar kontentini rivojlantirish markaziga direktor etib taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov tayinlandi.

Yig‘ilishda sanoqli kunlardan keyin 6 milliondan ziyod o‘quvchi va 1 milliondan ortiq talaba ta’tilga chiqishi ta’kidlandi. Yoz oylarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish muhim ahamiyatga ega ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Barcha hokimlar va ta’lim sohasi rahbarlariga yozgi ta’til vaqtida barcha ta’lim muassasalarining sport maydonchasi va o‘quv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb to‘garaklarini ochish topshirildi.

Masalan, o‘zlashtirish darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, o‘quvchilar uchun haftasiga olti soatlik o‘quv kurslari tashkil qilinadi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari o‘tkazish, madaniyat va istirohat bog‘larida san’at ko‘rgazmalari, she’riyat kechalari va intellektual o‘yinlar tashkil etish topshirildi.

Poytaxtdagi Yangi O‘zbekiston bog‘i va parklarda har kuni ochiq osmon ostida konsertlar uyushtiriladi.

Bu ishlarni sport sohasida ham tashkil qilib, 6 million yoshlarni qamrab olishga ko‘rsatma berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Yozgi oromgohlarda yoshlar "Ibrat farzandlari", "Qizlar akademiyasi", "Mutolaa" loyihalari bilan qamrab olinadi. 100 ming o‘quvchi uchun maktablarda "kunduzgi oromgoh" faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

"Zakovat" intellektual o‘yinining maktab ligasi tashkil etiladi.

"Raqamli avlod" loyihasi doirasida kamida 50 ming yosh o‘qitilib, hududlarda IT va kibersport turnirlari o‘tkaziladi. Bunda "Raqamli avlod qizlari" loyihasi bo‘yicha tuman va viloyat tanlovlari o‘tkaziladi.

"Mening mahallam – mening faxrim" loyihasi doirasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 100 ming yosh volontyorlikka jalb qilinadi.

150 dan ortiq sun’iy, shuningdek, barcha tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish, bunda yoshlarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

"Yoshlar turizmi oyligi" o‘tkazilib, 1 million yoshlar uchun muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida Savdo-sanoat palatasi hamda Kichik biznes uyushmasi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 300 nafardan ortiq kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, soliq xizmati, bank tizimi, yer resurslari hamda huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etib, tadbirkorlarning fikr va takliflarini tingladilar.

Muloqot davomida tadbirkorlar yer ajratish va mulkni rasmiylashtirish, imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish, debitor qarzdorliklarni undirish, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish kabi dolzarb masalalarni ko‘tardilar.

Mas’ullar har bir murojaat yuzasidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berib, ayrim muammolarni joyida hal etishdi. Shu bilan birga, respublika darajasida ko‘rib chiqishni talab etuvchi takliflar alohida qayd etildi va belgilangan tartibda yuborilishi belgilandi.

Bunday muloqotlar tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularga samarali yechim topish, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍2
Oila – qalbimizning qo‘rg‘oni, hayotimizning tayanchi.

Har bir inson uchun oila – bu mehr, tarbiya, baxt va komillik manbai. Oila bizni insoniy fazilatlar bilan bezaydi, yuragimizni yaxshilikka chorlaydi, ko‘nglimizga ishonch va taskin baxsh etadi. Ayniqsa, Ibratli oila maqomiga sazovor bo‘lish – bu nafaqat shaxsiy yutuq, balki jamiyatga, kelajak avlodga qoldiriladigan bebaho merosdir.

Bugun Termiz shahrida aynan shunday namunali, fidoyi, mehr-oqibatli oilalar “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu – ularning yillar davomida o‘zaro hurmat, fidoyilik va oila qadriyatlariga sadoqat bilan yashab kelgan hayot yo‘lining e’tirofidir.

Oila – baxt kaliti. Uni asrang, qadrlang, ardoqlang.

Chunki oila – bu yuraklar uyg‘unligi, qalblar birdamligi. Uni asrab-avaylash, uni qadrlash, har kuni unga mehr bag‘ishlash – har birimizning muqaddas burchimizdir. Har bir oila – ibrat bo‘lsin, har bir yurakda muhabbat, mehr va totuvlik yashasin.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram