Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun Respublika ishchi guruhi tomonidan Termiz shahar hokimligida shahar bozorlari rahbarlari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda, bozorda mavjud bo‘lgan narx-navolar, aholiga taqdim etilayotgan xizmatlar va yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar eshitildi.

Shuningdek, bozordagi muammolar, savdo sharoitlari, mahsulotlar sifatiga oid takliflar va ehtiyojlar ham ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda, bozordagi savdolarni yanada yaxshilash, narxlarni barqarorlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.

Tegishli mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda, mavjud muammolarni bartaraf etish va yangi tashabbuslar orqali bozorda aholi uchun yanada qulay va sifatli sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish kelishib olindi. Ushbu uchrashuv, bozor faoliyatini yaxshilash va aholining turmush sharoitlarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan qadam bo‘lib, kelgusi ishlar uchun mustahkam poydevor yaratdi.
Otaliqqa olingan "ogʻir toifa"dagi yoshlarning muammolari o‘rganildi

Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan "Temiryoʻlchi", "Tinchlik"va "Joʻyjangal" mahallarida yashovchi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, 6 nafar yoshlarning muammolari o‘rganildi hamda batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida adliya organlari faoliyati bilan yoshlarning xabardorligini oshirish hamda bu borada ularga ma’lumotlar taqdim etishga qaratilgan “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbiri tashkil etildi.
Bundan tashqari, mazkur yoshlarga Aloqabank orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida kredit ajratish toʻgʻrisida ariza yuborishga koʻmaklashildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍21
Respublika ishchi guruhi a’zolari va Termiz shahar hokimligi Termiz shahrida yangi ochilayotgan “Feed up” filiali qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Ular qurilish ishlarining sifatini va tezligini ta’minlash, shuningdek, jarayonlarni tezlashtirish bo’yicha bir qator topshiriqlar berdilar.

Shu bilan birga, shahardagi zamonaviy IT park faoliyati ham batafsil ko’rib chiqildi. Ushbu tashrifning maqsadi - mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qo’shish, yangi ish o’rinlarini yaratish va shahar infratuzilmasini yanada mustahkamlashdan iboratdir. Termiz shahridagi bunday tashabbuslar, nafaqat iqtisodiy o‘sishni, balki hududning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Respublika ishchi guruhi a’zolari va Termiz shahar hokimligi tomonidan shahardagi “Osiyo” savdo markazi yonidagi ko’chma savdo rastalari bilan tanishildi hamda ushbu hududdagi yo’l ta’mirlash ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko’rib chiqildi. Bu kabi tashabbuslar shaharning infratuzilmasini yaxshilash va savdo faoliyatini tartibga solish maqsadida o‘tkazilmoqda. Yo‘l ta’mirlash ishlari, o‘z navbatida, harakatni yanada qulaylashtirishga va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Respublika ishchi guruhi a’zolari va Termiz shahar hokimligi tomonidan shahardagi 24/7 ko’cha faoliyati bilan tanishildi va bu yerdagi amalga oshirilayotgan ishlar ko’rib chiqildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram