Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Sog‘liqni saqlash vazirligiga xalqaro tan olingan manbalarda "samarasiz yoki samarasi o‘rganilmagan" deb topilgan preparatlarni klinik protokollardan chiqarishni boshlash topshirildi.

Barcha tibbiyot muassasalari, birinchi galda bolalar shifoxonalarida antibiotiklarni asosli qo‘llash bo‘yicha kompleks reviziya o‘tkaziladi va protokollarga amal qilmagan xodimlarga nisbatan chora ko‘riladi.

Bosh prokuraturaga retseptli dorilarni noqonuniy sotganlik uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash topshirildi.

"Elektron retsept" tizimini Toshkent shahrining Yunusobod tumanida to‘liq ishga tushirib, butun respublikaga namuna qilish vazifasi qo‘yildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Endilikda tibbiyot oliygohlari va texnikum bitiruvchilarining zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘zlashtirishi shaffof tizim asosida alohida baholanadi. Bu tizim ishlayotgan vrach va hamshiralarga ham tatbiq etiladi.

Shu maqsadda Tibbiyot sohasini baholash milliy markazi tashkil qilinadi. Ushbu markazga xalqaro tan olingan xorijiy tashkilot jalb qilinadi. Davlat va xususiy klinikalar esa akkreditatsiyadan o‘tadi.

Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish vazifasi davlat va xususiy tibbiyot oliygohlari, ixtisoslashgan markazlar va viloyat muassasalariga beriladi.

Mutasaddilarga shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablarini ishlab chiqish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍1
Mutasaddi rahbarlarga dori-darmon ishlab chiqarish, olib kelish, retseptli dorilarni dorixonada sotish, bu jarayonlarni raqamlashtirish, tibbiyot tizimida mablag‘larni to‘g‘ri ishlatish, raqamlashtirish va sug‘urtani joriy etish, korrupsiyani yo‘qotish, sodda qilib aytganda, odamlarni rozi qilish bo‘yicha islohotlar ijrosi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish topshirildi.

Har bir poliklinika, shifoxona, markazda odamlarni tibbiyotdan rozi qilish, qat’iy intizom o‘rnatish va madaniyat olib kirish, buning ijrosini muntazam muhokama qilib, rahbarlarning javobgarligini ko‘rib chiqish uchun mas’ullar belgilandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Termiz shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida “Mahallalar uyushmasi kubogi” uchun sportning gandbol turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo’lib o’tdi.

Vohaning shahar va tumanlaridan 300 nafar o’gil hamda qizlar ishtirok etgan bellashuv yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi jamoalar g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi:
Qizlar bolalar o’rtasida
🥇1-o'rin - Termiz shahar, Baynalminal mfy jamoasi
🥈2-o'rin - Denov tumani, Shamolli mfy jamoasi
🥉3-o'rin - Qumqorg'on tumani, To'g'on mfy jamoasi
O’g’il bolalar o’rtasida
🥇1-o'rin - Denov tumani, Shamolli mfy jamoasi
🥈2-o'rin - Qumqorg'on tumani, Nurli diyor mfy jamoasi
🥉3-o'rin - Jarq'org'on tumani, Zartepa mfy jamoasi
Musobaqa g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Endilikda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etishadi.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1👍1
Бугун мамлакатимиздаги муҳим таълим лойиҳаларидан бири – янги TASHKENT TECH техника университетини ташкил этиш бўйича Ташкилий қўмита йиғилишини ўтказдик.

Ёшлар ўртасида техник таълимнинг нуфузини оширишга қаратилган ушбу кенг кўламли лойиҳа Ўзбекистон Республикаси Президентининг топшириғига мувофиқ амалга оширилмоқда.

Стратегик вазифамиз юксак халқаро стандартларга мос янги авлод университетини яратишдир. Биз замонавий меҳнат бозорининг энг юқори талабларига жавоб берадиган муҳандислар етишиб чиқадиган экотизимни шакллантирамиз.

TASHKENT TECH Тошкент давлат техника университети негизида Бостон Cонсултинг Гроуп кўмагида босқичма-босқич ишга туширилади. Ушбу лойиҳа жаҳоннинг илғор амалиётларини саноат ва инновацион ривожланишимиз эҳтиёжларига мослаштирган ҳолда интеграция қилиш имконини беради.

TASHKENT TECH шунчаки олий ўқув юрти эмас, балки Ўзбекистоннинг технологик суверенитети ва барқарор индустриал ўсишининг ҳаракатлантирувчи кучига айланади, деб ишонаман.


🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍1
E-auksion platformasida Surxondaryo viloyatidan savdoga chiqarilgan Davlat mulkini ijarasi bilan tanishing!

🔹 Oltinsoy tumanidan 5 ta (ko'rish)
🔹 Angor tumanidan 7 ta (ko'rish)
🔹 Boysun tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹Muzrabot tumanidan 4 ta (ko'rish)
🔹Denov tumanidan 16 ta (ko'rish)
🔹 Jarqo‘rg‘on tumanidan 18 ta (ko'rish)
🔹 Qumqo‘rg‘on tumanidan 8 ta (ko'rish)
🔹 Qiziriq tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Sariosiyo tumanidan 4 ta (ko'rish)
🔹 Uzun tumanidan 9 ta (ko'rish)
🔹 Termiz tumanidan 34 ta (ko'rish)
🔹 Sherobod tumanidan 10 ta (ko'rish)
🔹Sho‘rchi tumanidan 12 ta (ko'rish)
🔹Termiz shahridan 18 ta (ko'rish)

☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram |
👍1
Surxondaryo viloyatidan 42 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" orqali sotib oling!

🔷 Oltinsoy tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔷 Bandixon tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔷 Boysun tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔷 Muzrabot tumanidan 5 ta (ko'rish)
🔷 Denov tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔷 Jarqo‘rg‘on tumanidan 5 ta (ko'rish)
🔷Qumqo'rg'on tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔷 Qiziriq tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔷 Sariosiyo tumanidan 6 ta (ko'rish)
🔷 Termiz tumanidan 4 ta (ko'rish)
🔷 Sherobod tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔷 Sho'rchi tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔷Termiz shahridan 10 ta (ko'rish)

Mazkur obyektlarni muddatli to'lov asosida bo'lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram |
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 6 266 ta yer uchastkalarini е-auksion elektron savdo platformasi orqali sotib oling!

🔷Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun 6 061 ta (ko'rish)
🔷Ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 18 ta (ko'rish)
🔷Yoshlar sanoat zonalari uchun 2 ta (ko'rish)
🔷O‘rmon fondi yer uchastkalari 33 ta (ko'rish)
🔷Kichik sanoat zonalari uchun 55 ta (ko'rish)
🔷Turistik zona uchun 32 ta (ko'rish)
🔷Yangi O‘zbekiston massivlarida xizmat ko‘rsatish joylari 10 ta (ko'rish)
🔷Nodavlat umumta`lim va maktabgacha ta`lim muassasalari uchun 3 ta (ko'rish)
🔷Mikromarkazlar uchun yer uchastkasi 6 ta (ko'rish)
🔷Master-reja asosida savdoga chiqarilgan yerlar 45 ta (ko'rish)

Mazkur yer uchastkalarida мuddatli bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram |
Termiz shahar Majnuntol MFY binosida qabul o‘tkazildi.

Mahalladagi eng ko‘p murojaat qilayotgan fuqarolar Termiz shahar hokimi O’.To‘rayev va shahar Xalq qabulxonasi mudiri Q.Xolmatov tomonidan qabul qilindi.

Qabul davomida ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍4