Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
#Saylov_2025

Mamlakatimizda fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi

Termiz shahri – “Jayhun” mahallasi mahalla fuqarolar yig‘ini rais nomzodiga saylov jarayonlari qizg’in tarzda bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida “Erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish kabi salbiy illatlarning oldini olish” ga qaratilgan jamoatchilik eshituvi tashkil etildi

Tadbirda mas'ullarning mavzu yuzasidan tayyorlangan axborotlari eshitildi

Unda хalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati Bibixol Karimova hamda хalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Maftuna Sidiqova intervyu berdi.

Mazkur lavha shu haqida.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1👍1
Termiz shahar hududida reklamalarni tartibga solish ishlari davom etmoqda

Termiz shahar hokimligi Ishchi guruhi a’zolari tomonidan shahar hududining Yangi O‘zbekiston hamda Alisher Navoiy nomli kochalaridagi noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalar, tashqi reklama bannerlarini demontaj qilish ishlari olib borildi.

Hurmatli tadbirkorlar!!! Tashqi axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalarning, reklama qurilmalarini o‘rnatishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori talablariga rioya etishingiz so‘raladi.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

So‘nggi 7-yilda tibbiyotga ajratilayotgan mablag‘ 6 karra oshgani va joriy yilda 42 trillion so‘mga yetgani ta’kidlandi.

Mahalladagi birlamchi bo‘g‘in bilan ixtisoslashgan xizmatlarni bog‘laydigan kompleks tizim yaratildi. Ilgari faqat poytaxtda bajarilgan 400 dan ortiq yuqori texnologik amaliyot viloyat va tumanlarda o‘tkazilmoqda.

Mamlakatimizda har o‘n ming aholiga 27 nafar shifokor to‘g‘ri keladi. Bu AQSH, Buyuk Britaniya, Finlyandiya bilan bir xil ko‘rsatkich. Turkiya va Kanadada bu raqamlar 1,5 baravar kam.

"Ko‘rib turibsiz, bizda tibbiyot xodimlari sonida ham, moliyalashtirishda ham muammo yo‘q. Lekin, sifat-chi? Bu borada e’tirozli savollar juda ko‘p",
– dedi davlatimiz rahbari.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X