Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.2K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 15-apreldan 15-mayga qadar mamlakatimiz bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun Termiz shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Murod Boltayev Probatsiya guruhi nazoratida bo‘lgan fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvni tashkil etdi. Tadbirda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatga moslashishda muammolarga duch kelayotgan fuqarolarga ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ullarga hisobdagi fuqarolarning sog‘lom turmush tarziga qaytishi va ijtimoiy hayotga faol qo‘shilishi yo‘lida zarur chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvda ushbu fuqarolarga ish o‘rinlari yaratish va kasb-hunar o‘rgatish masalalari muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Китобсевар раҳбарлар кутубхоналарга китоб улашди

“Ўзбекистон – китобхонлар юрти” шиори остидаги V Республика “Китобхонлик ҳафталиги” доирасида Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов, вилоят прокурори Бахтияр Бабаджанов, шунингдек, қатор бошқарма ва ташкилотлар раҳбарлари, шаҳар ва туманлар ҳокимлари Адиб Собир Термизий номидаги вилоят ҳамда туманлар ахборот-кутубхона марказларига турли китоблар тўпламларини туҳфа қилди.

Вилоятдаги бу ибратли ташаббус зиё масканлари фондини энг сара шеърий ва насрий, жаҳон адабиёти дурдоналари, ижодий-илмий асарлар билан бойитди, китобхонлар қалбида илм-маърифатга меҳр уйғотиб, мутолаага қизиқишини янада оширди.

📍Батафсил: https://uza.uz/uz/posts/kitobxonlik-zavqi_713493

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo