Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.4K photos
4.76K videos
70 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahar hokimi O’ktam To’rayev bilan yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot

📷 Foto mobil tasvirlar

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Mamlakatimizda giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy tarqalishiga qarshi keskin va tizimli kurash olib borilmoqda. Bu borada profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha viloyat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda shahar va tuman komissiyalari a’zolari, tegishli sohalar va idoralar mutasaddilari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda 2025-yilning birinchi choragi davomida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi, erishilgan natijalar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama etildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, profilaktik va targ‘ibot ishlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Komissiya yig‘ilishi yakunida sport federatsiyalarining viloyat bo‘limlari faoliyatiga oid taqdimotlar ko‘rib chiqildi. Unda sport turlarini rivojlantirish, olimpiada harakatini jonlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalari yuzasidan muhim vazifalar belgilandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X