Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.6K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shuningdek, mineral suv ishlab chiqaruvchilar 45 ta ko‘rsatkich bo‘yicha xulosa olishi kerak. Tadbirkorlar shuning 43 tasi uchun Sanepidqo‘m tizimidagi laboratoriyalarga, qolgan 2 tasi bo‘yicha boshqa laboratoriyaga bormoqda.

Qo‘mitaga hamma tekshiruvni bitta joyda tashkil qilish topshirildi.

Meva-sabzavot va dukkakli ekinlar sifatini tekshirish uchun ham 3 ta tashkilotning laboratoriyasiga borish kerak. Eng yomoni, bu laboratoriyalarning xulosasi rivojlangan davlatlarda tan olinmaydi.

Shu bois eksportchilar qimmat bozorga chiqishdan oldin sertifikat olish uchun xorijga namuna jo‘natayapti.

Mutasaddilarga shu paytgacha birorta xalqaro tan olingan laboratoriyani olib kelmagani, eskirgan ustma-ust sertifikatlash amaliyoti haligacha davom etayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi.

Alohida farmon bilan Texnik tartibga solish agentligi, Sanepidqo‘m, Veterinariya qo‘mitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi.

Bunda takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Masalan:

oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi nazorati bilan faqat Sanepidqo‘m shug‘ullanadi;

oziq-ovqat uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi;

qo‘mita asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro talablarga – Kodeks Alimentariusga muvofiqlashtiradi.

Boshqa tizimlar ham xuddi shu tartibda qayta ko‘rib chiqiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qandolatchilik va salqin ichimliklar tarmog‘i mahalliy sanoatning drayveriga aylangani va ularni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Shu bois shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinishi belgilandi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi.

Natijada 40 ming odam ishlaydigan 5,5 ming qandolat va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalarning yillik aylanmasi kamida 50 trillion so‘mga yetadi.

Hozirda 2,5 mingga yaqin restoran va kafe QQS to‘lamoqda. Yil boshidan ularga QQSning 20 foizdan 40 foizgacha qismini "keshbek" sifatida qaytarish tizimi joriy qilingan edi. Lekin, hozirgacha bu imtiyozdan bor-yo‘g‘i 69 ta umumiy ovqatlanish korxonasi foydalangan.

Masalan, salqin ichimlik, tort, muzqaymoq kabi 200 dan ziyod mahsulot alohida-alohida sotilsa, "keshbek" berilmayapti. Vaholanki, ularga ham QQS to‘langan.

Soliq qo‘mitasiga bu boradagi tushunmovchiliklarni tartibga solib, adolatli tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyatda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, shuningdek, investitsion salohiyatni oshirish maqsadida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "Matbuot uyi"da turizm yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tadbirkorlarning sohadagi muammo va takliflari tinglandi. Viloyat rahbari tomonidan tegishli mutasaddilarga infratuzilmani rivojlantirish, kichik biznes uchun qulay sharoit yaratish, davlat dasturlarini samarali tashkil etish hamda sohadagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Uchrashuvdan so‘ng, viloyat hokimiga Sariosiyo tumanidagi "Sangardak" va "Nilu" qishloqlariga olib boruvchi yo‘llarni ta’mirlash va turizm qishloqlari tashkil etishga oid taqdimotlar namoyish etildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘tgan haftada aholi murojaatlarini o‘rganish davomida mutasaddilarga berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida Termiz shahri Farovon massiviga tashrif buyurdi.

Hududda belgilangan vazifalarga asosan yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar hamda lift bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mutasaddilar amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Shundan so‘ng, "Tinchlik" yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida loyihalarni ishga tushirish, yosh tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish hajmi va ish o‘rinlari sonini oshirish borasidagi taqdimotlar ko‘rib chiqildi.

Mutasaddilarga yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalangan holda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari sonini oshirish vazifalari belgilab berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X