Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.8K subscribers
36.7K photos
4.79K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahrida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 5000 qadam yurish marafoni o‘tkazildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
“Ma’naviyat oyligi” boshlandi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-aprel kunidagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 24-martdagi tegishli farmoyishiga asosan, Termiz shahar IIB xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlari yangi bosqichga olib chiqilmoqda.

Xodimlarning ma’naviy bilim darajasini yanada kuchaytirish maqsadida, joriy yilning 1-aprelidan 30-aprelgacha o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” davom etmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, majburiy badal to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi shart. Ushbu mablag‘lar Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan umumiy mulkni saqlash, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlariga yo‘naltiriladi.

Qarzdor xonadonlarga rasmiy ogohlantirish xatlari yuboriladi. Agar to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, qonunchilikka asosan sud tartibida undiriladi.

Hurmatli yurtdoshlar, qonun talablariga mas’uliyat bilan yondashish va o‘z majburiyatlarimizni bajarish – barchamizning burchimizdir!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 5000 qadam yurish marafoni o‘tkazildi

Prezidentimizning 2025-yil 7-martdagi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 2025-yil davomida barcha mahallalarda 4 million nafar xotin-qizni ommaviy sport musobaqalariga jalb qilish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish vazifasi belgilab berilgan.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida haftaning shanba kunlari turli sport tadbirlari — shaxmat, shashka, stol tennisi, valeybol, badminton, shuningdek, "5000 qadam" yurish marafonlarini tashkil etilmoqda.

Mazkur reja doirasida bugun Termiz shahrida "5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Marafon Termiz shahridagi "Alpomish" stadionidan Ibn Sino ko‘chasi orqali "Mashhura" xususiy klinikasi binosigacha bo‘lgan yo‘nalishda tashkil etildi.

"Sog‘lom oila uchun birlashaylik" shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tadbirda mahalliy tashkilotlar, xususiy sektorda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, shuningdek, uy bekalaridan iborat 2 ming nafardan ortiq xotin-qizlar faol ishtirok etdilar.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Eldor Shomurodov "Olimpiko"ni larzaga solishda davom etmoqda!

Milliy jamoamiz va "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasining 31-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Yuventus" darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bu muhim gol orqali u nafaqat muxlislarni quvontirdi, balki uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb ham topildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi yalpi majlisida ishtirok etmoqda.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boks: Bahodir Jalolov hakamlarning yakdil qarori bilan ukrainalik Igor Shevazutskiyni mag‘lub etdi

Super og‘ir vazn toifasidagi professional bokschimiz Bahodir Jalolov faoliyatidagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.

U Qozog‘istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks oqshomi doirasida ukrainalik Igor Shevazutskiyga qarshi ringga ko‘tarildi.

10 raund etib belgilangan jang to‘liq davom etdi va yakunda Jalolov ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Bahsning uchinchi raundida Bahodir raqibini nokdaun holatiga solib qo‘ydi.

Bugungi jangdagi muvaffaqiyat orqali 30 yoshli Bahodirning g‘alabalari soni 15 taga yetdi. Uning hisobida hozircha birorta mag‘lubiyat yoki durang yo‘q.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
📢 Vohamiz tadbirkorlari diqqatiga!

Joriy yilning 8–12-aprel kunlari Termiz Xalqaro savdo markazida "Made in Uzbekistan" biznes-forumi va mahsulotlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Mazkur tadbirda respublikamizning turli hududlaridan 200 nafardan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, Afgʻonistondan 30 dan ortiq tadbirkorlar oʻzlarining eksportbop mahsulotlari bilan ishtirok etishlari kutilmoqda.

✔️Forumning asosiy maqsadi – Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, ishbilarmon doiralarni qoʻllab-quvvatlash, mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqish hamda eksport salohiyatini oshirishdan iborat.

🤝 Shuningdek, forum doirasida ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasida B2B uchrashuvlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu forum mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yangi bosqichga olib chiqish, eksportyorlarimizning jahon bozoriga chiqishida muhim platforma vazifasini bajaradi.

"Made in Uzbekistan" brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʻrgazmasiga barcha fuqarolar va tadbirkorlarni taklif etamiz!

📞 Bogʻlanish uchun telefonlar:
+998 91 585 02 42,
+998 93 768 98 18.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X