Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.81K subscribers
36.8K photos
4.79K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
“Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv natijalariga ko‘ra, Termiz iqtisodiyot va servis universitetining “Matonat” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin – Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;
2-o‘rin – Termiz davlat pedagogika instituti;
3-o‘rin – Termiz davlat universiteti.

Hududiy bosqichda viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasining saralangan jamoalari ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etib, yuqori saviyadagi raqobat muhitini yaratdilar.

Tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkazildi:
“Adib hayoti” – atoqli adiblarning hayoti va ijodidan sahna ko‘rinishlari;
“Tezkor savol-javob” – adabiyot bo‘yicha bilim sinovi;
“Adiblar ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.

G‘olib jamoalarni tabriklaymiz va ularga respublika bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Qudratimiz- birlik va hamjihatlikda!

Termiz shahrida Navro‘z bayrami katta tantanalar bilan nishonlanishi davom etmoqda. Tadbir davomida milliy urf-odatlar namoyish etilib, xalq o‘yinlari va turli musiqiy dastur chiqishlari barchaga a’lo kayfiyat ulashmoqda.

“Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt”

Mazkur bayramlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilib, madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga zamin yaratmoqda. Bunday tadbirlar ikki xalqning azaliy an’analari va urf-odatlarini asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram