Bugun Prezidentimiz Ko‘ksaroy qarorgohida iftorlik marosimida ishtirok etdi. Shuningdek, yurtimizning barcha hududlari singari Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ham iftorlik tadbirlari o‘tkazildi.
Termiz shahrida joylashgan “Shohsaroy” tantanalar saroyida o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, mehnat faxriylari, ulamolar va ziyolilar, shuningdek, nogironligi bor hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj vohadoshlarimiz ishtirok etdi.
Iftorlik dasturxoni atrofida jam bo‘lgan mehmonlar uchun Ramazon oyining fazilati va uning insoniylik tamoyillarini mustahkamlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Tadbir yakunida viloyat bosh imomi tomonidan Qur’on tilovati o‘qilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi uchun duolar qilindi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X