Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.87K subscribers
37.5K photos
4.86K videos
70 files
12.1K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahrida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi doirasida probatsiya nazoratidagi shaxslar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi

Batafsil: https://t.me/termizshh/46021

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termizda Navro‘z shukuhi: Otliq kavaleriya paradi!

Bugun Termiz shahri ko‘chalari bo‘ylab Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan kuch tuzilmalarining otliq bo‘linmalari ishtirokida “Otliq kavaleriya paradi” tantanali tarzda o‘tkazildi.

An’anaviy ruhda o‘tgan mazkur tadbir Navro‘zga xos milliy qadriyatlarimizni, jasorat va sadoqat timsoli bo‘lgan otliqlarning sha’nini ulug‘lashga xizmat qildi.

Bahorning ilk kunlarida shahar ko‘chalarida yangragan otlar dupuri va bayramona kayfiyat barchaga zavq bag‘ishladi!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Surxondaryo viloyatida ham bahorgi obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri hamda Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Denov tumanlariga tashrif buyurib, ushbu hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalarning qurilishi bilan tanishdi.

Tashrif davomida infratuzilmani yaxshilash, sanoat zonalarini tashkil etish, tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, "IT park", "Yoshlar va turizm" ko‘chasi, "Surxondaryo" daryosi bo‘yida turizm va xizmat ko‘rsatish sohalariga doir tashabbuslarning taqdimoti o‘tkazildi. Shu bilan birga, erkin va kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlik faoliyati tahlil qilindi.

Viloyat rahbari har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida hudud va sohalar mas’ullariga tegishli topshiriqlar berdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X