Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.6K photos
4.86K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo‘lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlar!

Siz azizlarni, butun shahrimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf. Barcha-barchangizga samimiy mehrim va cheksiz hurmatimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
O‘zlaringiz kabi go‘zal bayramingiz muborak bo‘lsin!

Muhtaram hamshaharlar!

Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, mo‘tabar ayol zotiga ta’zim qilamiz. Zero, inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanadi.
Shu ma’noda, Mir Alisher Navoiy bobomizning, jannat bog‘idan bahramandlik istar ekansan, avvalo, munis onani rozi aylagin, degan so‘zlarini biz eng ezgu da’vat sifatida qabul qilamiz.
Biz hayotimizning ma’no-mazmuni, butun borlig‘imizni siz, qadrli opa-singillarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz. Sizlar biz uchun hamisha go‘zallik va nazokat, mehr va sadoqat, qanoat va shukronalik timsoli bo‘lib kelgansiz va doimo shunday bo‘lib qolasiz. Mana shunday olijanob fazilatlaringiz bilan bizlarga hamma vaqt kuch-g‘ayrat, hayotga, kelajakka ishonch bag‘ishlab kelayotganingiz uchun siz, azizlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.

Donishmandlar “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” deb bejizga aytishmagan. Har bir oilaning eng mo‘tabari, iltifot va e’tiborga moligi, Yaratganning betakror va go‘zal mo‘jizasi bo‘lgan ayollarimiz va opa-singillarimizni hamisha ardoqlab, e’zozlab kelamiz.
Xotin-qizlarimiz chehrasidagi mamnunlik, quvonch nafaqat xonadonlarimiz, balki, butun jamiyat barqarorligini belgilab beradi.
Mamalakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan munosabat va g‘amxo‘rlikni har bir islohotlarimiz zamirida yaqqol ko‘ramiz.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etilishi, har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilinishi, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilinishi, Prezidentimiz tashabbusi bilan jamoatchilikka, avvalo, yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan, obro‘-e’tiborli ayollarni o‘z safida birlashtirgan “Oqila ayollar” harakatining tashkil etilishi, mehnat jamoalarida xotin-qizlarning muammolariga samarali yechim topish uchun “Ayollar kengashlari” tuzilishi Davlatimizning mehr-oqibat va sadoqat timsoli, xonadonlarimiz farishtasi bo‘lgan ayollarga bo‘lgan ishonch va ehtiromimiz namunasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan, Prezident qaroriga binoan esa har tomonlama ibratli va iste’dodli qizlarimizning Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan mukofotlanishi ham nafosat egalariga ko‘rsatilayotgan ishonch va e’tibordir.
Bu yil ham Prezidentimizning “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon hamda Zaripova Rushana Robertovna qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofot bilan taqdirlandi.

Aziz ayollar!

Barchangizni yana bir bor bugungi bahor va nafosat, go‘zallik va latofat bayrami bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilayman.

Qalbingiz doim bugungi bahordek yashnab tursin.

O’ktam To’rayev,
Termiz shahar hokimi.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎀Termiz shahrida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan faol ayollar taqdirlandi

🌸Termiz shahrida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram uchrashuvi o’tkazildi. Tadbir doirasida shahar mahallalarida faoliyat yuritayotgan, jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan xotin-qizlar e’tirof etilib, ularning mehnati munosib taqdirlandi.

🌸Tadbir davomida Termiz shahridagi barcha mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

🌸Bayram tadbirida so‘zga chiqqanlar ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati va oiladagi beqiyos roli haqida to‘xtalib o‘tdilar.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni barchaga muborak bo‘lsin!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎀Termiz shahrida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan faol ayollar taqdirlandi

🌸Batafsil: https://t.me/termizshh/45375

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM