Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.6K photos
4.86K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Prezidentimizning hududlarni jadal rivojlantirish, aholini sifatli turar joylar bilan ta’minlash hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan farmon va qarorlari, shuningdek, berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, viloyat markazi – Termiz shahri bugungi kunda ulkan qurilish va bunyodkorlik maydoniga aylangan. Joriy loyihalarning borishini o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar bo‘ylab amalga oshirilayotgan qurilish ishlari hamda avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlarning ijrosi bilan tanishdi.

Tashrif davomida dastlab "San’at saroyi" majmuasida mutasaddilar tomonidan "Navro‘z" umumxalq bayramiga tayyorgarlik yuzasidan ishlab chiqilgan dastur taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Sayl kuni o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, majmua hududini obodonlashtirish va bayramga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng, hokim "ERRIEL" xorijiy korxonasining "Hilton" mehmonxonasi, konferensiyalar zali, savdo komplekslari, shuningdek, "Guliston", "Surxon sohili", "Manguzar" va "Kattabog‘" mahallalarida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmualari hamda "Termiz Mall" loyihasining qurilish ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, Termiz davlat universiteti atrofidagi yo‘llarni ta’mirlash jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida har bir loyiha bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, qurilish sifatini yuqori darajada ta’minlash, shaharsozlik va qurilish normalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐E’TIROF

Prezident qaroriga asosan, bir guruh iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor:

🏅 Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi - Toshkent davlat yuridik universitetining jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi.

🏅Zaripova Rushana Robertovna - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti

Sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bayram tantanalarida o‘z egalariga topshiriladi.

Davlatimizning yuksak mukofotiga munosib ko‘rilgan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐 Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik aziz ayollar!

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan fidoyi ayollarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Mukofotlanganlar orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor.

🏅 "Do‘stlik" ordeni bilan
▫️ Shomuratova Oygul Jabborovna - Termiz tumani obodonlashtirish boshqarmasi gul yetishtiruvchisi.

🏅 "Shuhrat" medali bilan
Jo‘rayeva Ozoda Hasanovna - Denov tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi rahbari;

Ravshanova Farida Fayzullayevna - Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i;

Toshpulatova Qizlarxon Eshboyevna - Sho‘rchi tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, temirchi-usta.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xaridlari bo‘yicha qonun qabul qilingani, tanlov va tender raqamlashib, sog‘lom raqobat bo‘lgani uchun o‘tgan yili 14 trillion so‘m byudjet mablag‘i tejaldi.

Odamlar kredit olish uchun ko‘plab to‘siq va g‘ovlarni yengib o‘tishi kerak edi. Bugunga kelib barcha banklar 100 million so‘mgacha maishiy kreditlarni inson omilisiz 5 daqiqa ichida onlayn bermoqda.

Natijada oldin bu ish bilan shug‘ullangan minglab bankirlar endi mahallaga tushib, odamlarga loyiha, kredit taklif qilib, mijozini ko‘paytirish ustida ishlayapti.

Odamlar bolasini maktab yoki bog‘chaga joylashtirishda sarson bo‘lgan, ishini "boshqa yo‘llar" bilan hal qilishga to‘g‘ri kelgan edi. O‘tgan davrda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 10 dan ortiq xizmat turlari to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi. Ushbu sohada murojaatlar soni 2,5 karraga kamaydi.

Bundan 7-8-yil avval oliygohlarga o‘qishga kirishda "tanish-bilishchilik" avj olgan edi. Soha raqamlashdi, imtihonlar onlayn translyatsiya bo‘layapti. Avval test topshirib, to‘plagan balliga qarab, keyin oliygohni tanlash tizimi joriy qilindi.

Oliy ta’limda 35 turdagi hujjatlarni inson omilisiz olishga o‘tilgani uchun sohadagi murojaatlar 2,2 baravar kamaydi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari bodi-kamera bilan xizmat o‘tayotgani, avtoraqamlar auksionda sotilayotgani, "qo‘l radari" va qog‘oz bayonnoma tuzish bekor qilingani uchun korrupsiya omillari keskin kamaydi.

Aholi va tadbirkorlarga "xalq xizmatidagi davlat" tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 120 turdagi hujjatlarni talab qilish, 160 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi.

Natijada 200 mingga yaqin yangi tadbirkorlar bozorga kirib keldi. Chet el ishtirokidagi korxonalar qariyb 5 karra oshib, 23 mingga yaqinlashdi. Elektron davlat xizmatlari soni 15 karra ortib, 721 taga yetdi, ulardan foydalanuvchilar esa 11 milliondan oshdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquq-tartibot idoralari asosan korrupsiyani aniqlash va jazolash bilan ishlab, korrupsiyaviy omillarni tag-tomiri bilan yo‘qotadigan preventiv choralarni e’tiborsiz qoldirayotgani qayd etildi.

Korrupsiyani oldini olish, omillari bilan ishlash uchun 117 ta vazirlik va idoradagi "korrupsiyaga qarshi ichki nazorat" tuzilmalarida 1 ming 285 xodim ishlamoqda. Lekin, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishda ularning o‘rni ham, mas’uliyati ham sezilmayotgani qayd etildi.

Har yili biznes muhitini yaxshilash, investitsiya jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratishda byurokratiya va to‘siqlarga barham berish bo‘yicha o‘nlab qarorlar qabul qilinmoqda.

Masalan, 6,5 ming turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va olib kirishda tadbirkorlarga muvofiqlikni baholash majburiyati yuklangan. Shundan 3 ming 700 turdagi tovar bo‘yicha har bir partiyaga alohida sertifikat olish shart.

Shunday ro‘yxatlar sanitariya, karantin, veterinariya idoralarida ham bor. Bojxona esa bu ro‘yxatlarni hammasi bilan ishlaydi.

Tadbirkorlarni qiynab, korrupsiyaga omil bo‘layotgan bunday ro‘yxatlarni qisqartirish bo‘yicha bu idoralarning komplayens xodimlari hech qanday taklif bermagan.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
"Prokuratura, ichki ishlar, soliq rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: sektor ishidan ozod qilish bu – eski davrga qaytib, aholi va tadbirkorlarga har qadamda to‘siq, korrupsiyaga sharoit yaratish, degani emas", - dedi davlatimiz rahbari.

Tumanda jinoyatchilikni jilovlashga hokim bosh bo‘lib, barcha ishlarni muvofiqlashtirishi, uning bu boradagi o‘rni hech qayerga yo‘qolmasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Har haftada prokuror va ichki ishlar boshlig‘i bilan hududdagi vaziyatni muhokama qilib borishi shart va zarurligi qayd etildi.

Bosh prokuratura, Ichki ishlar, DXX akademiyalari, Yuridik va Jamoat xavfsizligi  universitetlariga jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha hudud va sohalar biriktirilgan edi. Lekin ular kriminogen vaziyat murakkab mahallalarga olimlarini yubormayotgani, ushbu mahallalarni namunali qilishda jonbozlik ko‘rsatmayotganiga e’tiroz bildirildi.

Milliy kengash har chorakda ushbu oliygohlar rahbarlaridan ham hisobot so‘rab borishi kerakligi ta’kidlandi.

Umuman, Senat kamida 1 ta hududda jinoyatchilikni keskin qisqartirish bo‘yicha, Qonunchilik platasi esa kamida 1 ta sohada korrupsiyaga barham berish bo‘yicha takliflar berib borishi bu boradagi ishlar natijadorligini yanada oshirishiga ishonch bildirildi.

Bundan buyon, vazir va hokimlar lavozimga qo‘yilishidan oldin korrupsiyani oldini olish bo‘yicha aniq rejasini parlament va mahalliy kengashlar oldida himoya qiladigan tizim joriy etish taklif qilindi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Yirik loyihalarni yuqori darajadagi korrupsiyaga qarshi standartlardan kelib chiqib baholash lozimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga bunday investitsiya loyihalarida xalqaro korrupsiyaga qarshi standartlarni joriy etish, yirik auksion shartlarini raqobatdoshlik ekspertizasidan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shuningdek, "Shaffof qurilish" platformasi qamrovi oshirilishi, xalqaro tashkilotlar loyihalariga ham bosqichma-bosqich joriy qilinishi belgilandi.

Bu ishlar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qurilishlarda subpudratchilarni yollash va 1 million dollargacha bo‘lgan loyihalardan boshlanadi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X