Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termiz shahrida xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha profilaktik ishlar davom etmoqda!

2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Shu doirada, nizoli vaziyatda bo‘lgan, ajrim yoqasiga kelgan, shuningdek, shar’iy nikoh asosida yashayotgan va migratsiyada bo‘lgan xotin-qizlar oilalari bilan profilaktik suhbatlar tashkil etildi.

Maqsad – oilalarda barqarorlikni ta’minlash, nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda jamiyatda ijtimoiy xavfsizlikni mustahkamlash.

Ushbu chora-tadbirlar "Yo‘l xaritasi" va maxsus dastur asosida amalga oshirilmoqda.

💬Bunday profilaktik ishlar kelgusida ham davom ettiriladi.

#XavfsizMahalla #HuquqbuzarlikningOldiniOlish #Termiz #ProfilaktikTadbirlar

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 13
🗣Biz giyohvandlikka qarshimiz!

Termiz shahridagi sport maktabida yosh sportchilar uchun "Narkotikka qarshi birga kurashamiz!" va "Farzandingizni halokatdan saqlang!" shiorlari ostida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida murabbiylar tomonidan giyohvandlikning zararli oqibatlari, uning inson salomatligi va kelajakka ta’siri haqida batafsil tushuntirish berildi. Yoshlar o‘z kelajagini sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘lash muhimligini anglab yetishdi.

Maqsad – yoshlarni zararli odatlardan himoya qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish!

Giyohvandlik – kelajakni barbod qiladi!

Sog‘lom va baxtli hayot uchun birlashaylik!


Foto mobil tasvirlar

#GiyohvandlikkaQarshi #Sog‘lomHayot #SportVaSalomatlik #KelajakBizniki

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣"Biz hayotni tanlaymiz!" shiori ostida giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi videoroliklar tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi Kinematografiya agentligi, Milliy teleradiokompaniya va Milliy media assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ijodkor yoshlar o‘rtasida «Biz hayotni tanlaymiz!» shiori ostida giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi videoroliklar tanlovini e’lon qildi.

Ishtirokchilar o‘z anketalari va videoroliklarini 2025 yil 1 fevraldan 1 maygacha Milliy markazning tanlov@ncdc.uz elektron pochtasi orqali, shuningdek, elektron vositalarda shaxsan taqdim etishlari mumkin.

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari quyidagilar bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin uchun noutbuk;
🥈 2-o‘rin uchun planshet;
🥉 3-o‘rin uchun smartfon;

«Eng yaxshi g‘oya», «Eng yaxshi operator» va «Eng yaxshi aktyor (aktrisa)» nominatsiyalari g‘oliblari uchun Milliy markazning esdalik sovg‘asi.

G‘olib va sovrindorlar «26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni» arafasida e’lon qilinadi va tantanali ravishda taqdirlanadi.

📝 Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Yurtimizning barcha yoshlarini ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 13
🗣Har bir chokida minglab orzular, har bir naqshida buyuk ajdodlarning ruhi bor milliy libos – bu millatning yuragi!

“Milliy liboslarimizni zamonaviy talqinda ommalashtirish”ga qaratilgan aksiyani davom ettiramiz


Lavhada Termiz shaharda joylashgan baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining aziz ustozlari va yosh iste'dodli o‘quvchilari

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga

Soliq qo‘mitasi tomonidan 2023-yil 1-yanvardan 2024-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan cheklardagi noto‘g‘ri summalarni tuzatish imkoniyati berildi.

Joriy yil 14-fevral kuni soat 11:00 gacha o‘tgan 2 yil mobaynidagi cheklarni tahrirlashingiz mumkin.

Keshbek to‘langan chekdagi summani tuzatish, cheklarni tahrirlash tartiblari haqida videolavhada batafsil ma'lumot berilgan.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 13
🗣Bugun 13-fevral haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar

Butunjahon radio kuni.
O‘zini sevish kuni.
Kinokamera tug‘ilgan kun.
Internetdagi do‘stlar kuni.

#muhim_voqealar

1859 – Moskvada birinchi ayollar gimnaziyasi ochildi.
1946 – Amerikalik harbiylar birinchi raqamli kompyuter yaratishganini e’lon qilishdi.
1997 – O‘zbekiston va Mali o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
2001 – Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi.

#tavalludlar

1769 – Krilov Ivan – rus shoiri, masalchi, publisist, noshir.
1901 – Sayfi Olimov – aktyor, rejissyor, o‘zbek teatri tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti.
1903 – Jorj Simenon – belgiyalik yozuvchi, detektiv janri ustasi.
1962 – Mirzagul Sapayeva – aktrisa, xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 13
Prezident raisligida 2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Kecha qishki Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz so‘nggi 26-yilda ilk bor figurali uchish bo‘yicha juftliklar orasida oltin medalni qo‘lga kiritgani mamlakatimiz sport tarixida yangi sahifa bo‘ldi.

Shu bilan birga, futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Bangladeshda o‘tgan Osiyo chempionati g‘olibiga aylandi.

Tailandda velosport va para velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida yoshlarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Prezidentimiz barcha sportchilarimiz, ularning murabbiy va ota-onalarini qo‘lga kiritilgan yuksak yutuqlar bilan tabrikladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 13
February 13