⏺Xalqimizga xos bo‘lgan ko‘plab ezgu amallarimiz va odatlarimiz bor. Xayrli ishlarga mutasaddi rahbar xodimlarning ham bosh-qosh bo‘layotgani mazkur yo‘nalishdagi ishlar salmog‘ini va ahamiyatini oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasi rahbari viloyatimizda bo‘lib, qator ijobiy ishlarga qo‘l urmoqda.
⏺Daraxtlarga mehr bermoq, ularni parvarishlamoq eng egu va xayrli ish sanaladi. Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning milliy qadriyatlaridan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasi rahbari Muhammedov Ulug‘bek Islomovich vohadagi amaliy ishlarini Termiz shahar hokimligi hududiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekish bilan davom ettirdi.
⏺Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasi hamda Termiz shahar hokimligi a’zolaridan iborat ishchi guruh vakillari “Turon” mahallasida bo‘lib, non va non mahsulotlarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi, tadbirkor Furqat Qurbonov xonadonida bo‘lishdi. Yaratganning sinovimi yoki taqdir qismatimi Furqat Qurbonov 10 yoshidan beri nogiron. Lekin bu sinov qahramonimizni tushkunlikka tushirmadi, aksincha, uni to‘rt muchasi sog‘lom kishilardanda “dadil qadam” tashlashga undadi.
⏺Ishchi guruh vakillari Furqat Qurbonov bilan suhbatlashar ekan, ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlam vakillarining tashabbus va faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash birinchi galdagi vazifa ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. Furqat Qurbonovga tadbirkorlik faoliyatini yaxshilash uchun sovg‘a qilingan texnikalarni davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli ishlarning kichik bir ko‘rinishi sifatida qabul qilishini bildirishdi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram