⏺Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida
turar joylar, savdo xizmat ko‘rsatish binolari hamda
boshqa obyektlar qurilishi bilan tanishdi. Shuningdek, "Bog‘ishamol" mahallasida
yangi mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.
⏺Shundan so‘ng, viloyat rahbari Ibn Sino ko‘chasi bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda tashkil etilgan "yashil" maydonlar va ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlash ishlarini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
⏺O‘rganish ishlari davomida shahar hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi yuzasidan mutasaddilarning axborotlari ham tinglandi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram