Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Ertaga Termiz shahrida Respublika ishchi guruhi sayyor qabuli bo’lib o’tadi.

Aholi murojaatlari bilan ishlash, odamlarning muammo va takliflari asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Surxondaryoda ommaviy qabullar o‘tkaziladi.

Ma’lumot o’rnida, ertaga 4-fevral soat 10:00 da Termiz shahridagi “Alpomish” mahallasi hududida joylashgan “San’at saroyi” binosida ommaviy qabul bo’lib o’tadi.

Tadbirlarda Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zsuvta’minoti” AJ, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🗣Nuroniylarimizning tajriba va hikmatlari yoshlarga ulkan o‘rnak bo‘lib, yurtimizni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi

Bugun, Termiz shahriga O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadidagi “Nuroniy” jamg’armasi respublika boshqaruv raisi, O’zbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev rahbarligida bir guruh nuroniylar tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida, Respublika “Mahalla” telekanali uchun “Otalar choyxonasi” dasturining 2025-yilgi ilk ko’rsatuvining tasvirga olish jarayoni boshlandi. Ko’rsatuvda, Surxondaryo viloyati “Nuroniy” jamg’armasining 2024-yilda erishgan yutuqlari bilan tanishildi.

Ushbu jarayonga viloyat hokimligi, “Nuroniy” jamg’armasi Surxondaryo viloyati bo’limi raisi Soatov Orziqul Chorshanbiyevich va Termiz shahar bo’limi raisi Toji Berdiyevlar hamroh bo’ldi. Ko’rsatuvning to’liq variantini tez orada “Mahalla TV” orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Surxondaryo viloyatida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, respublika ishchi guruhi faoliyatini shaharda davom etmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 dagi PQ-01-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublika ishchi guruhi Termiz shahrida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va shaharni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganishdi. Ushbu chora-tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash va ijtimoiy barqarorlikni saqlashga qaratilgan harakatlar hisoblanadi.

Ishchi guruh Termiz shahrining “Tuproqqo‘rg‘on” va “Bo‘g‘ishamol” mahallalarida bo‘lib, huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarni batafsil tahlil qildi. Mahallalardagi holatni o‘rganib, guruh a’zolari mahalla faollari va mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi. Bu ko‘rsatmalar huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va xavfsizlikni yaxshilashga yo‘naltirilgan.

Respublika ishchi guruhi tomonidan olib borilgan tadbirlar, Termiz shahrining jinoyatga qarshi kurashishda muhim qadam bo‘lib, bu jarayonlar hududning xavfsizligini mustahkamlash, aholining tinchligini saqlash va ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Bugun Respublika ishchi guruhi vakili hamda Termiz shahar hokimi O’.To’rayev boshchiligida Termiz shahrida sanoat, qurilish infratuzilmalari, xizmat ko‘rsatish, eksport, investitsiya, tadbirkorlik, bandlik, kambag‘allikni oldini olish, yashil energiya, yashil tamoyil, yashil makon, sport, yoshlar masalalari va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarni rivojlantirish bo’yicha sohalarda natijadorlikni oshirish, samarali ishlarni tashkil etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan muhokama bo’lib o’tdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, Termiz shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yanada yuksaltirish, aholi farovonligini oshirish va shaharda barqaror, innovatsion rivojlanishni ta’minlash borasida aniq rejalar tuzildi va bu borada mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4