Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.89K subscribers
37.8K photos
4.9K videos
70 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining Shodlik, Bog‘zor, Ma’rifat va Mehrobod mahallalarida infratuzilmaning holati, obyektlarning shaharsozlik normalariga muvofiqligi, bo‘sh binolardan samarali foydalanish hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari bilan tanishdi.

Shahar hokimi tomonidan Termiz shahri bosh rejasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar va kelgusidagi loyihalar taqdimot qilindi. Shuningdek, aloqador tashkilotlar mutasaddilari va mahallalar "yettiligi" vakillarining hisobotlari tinglandi.

Mahallalardagi muammolar ko‘chama-ko‘cha yurgan holda joyida o‘rganilib, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, "yashil" hududlarni kengaytirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.

Mazkur chora-tadbirlar doirasida aholining farovonligini oshirish va shahar infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilingan.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Termiz shahrida 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Termiz shahridagi sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi” ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida hamkorlikda tizimli ishlarni amalga oshirish borasida so‘z yuritildi.

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish borasida tushuntirishlar berildi.

Kelgusida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “E-ijtimoiy profilaktika”, “E-maʼmuriy ish” axborot tizimlarini amaliyotga keng jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahrida 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

👉🏻Batafsil

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram