Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.89K subscribers
37.8K photos
4.91K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Prezident raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Qurilishni rag‘batlantirish uchun 2024-yilda 17 trillion so‘m ipoteka krediti ajratildi, quruvchi va developerlarga aylanma uchun jami 3 trillion so‘m mablag‘ berildi.

Shu bois davlatimiz rahbari hokimlar uy-joy qurilishiga faqat ijtimoiy yoki qurilish masalasi deb emas, balki hududini iqtisodiy rivojlanishida asosiy "drayver" sifatida qarashi zarurligini ta’kidladi.
〰️〰️〰️

"Yangi O‘zbekiston" massivlarini qurish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.

Endi "Yangi O‘zbekiston" massiviga berilgan yer bo‘yicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi.

Loyiha ekspertizasini o‘n besh kundan o‘tkazib yuborgan tashkilotlarning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yiladi.

Qurilishda "eskrou" tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim developerlarga hozirgidan pastroq stavkada mablag‘ jalb qilish imkonini beradi. Muhimi, developerlarni moliyalashtirish uy qurish bilan birga boshlanadi va davom etadi.

Fuqarolar esa qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish hamda uy bitmasdan turib ham boshqa odamga sotish imkoniga ega bo‘ladi. Bu bilan uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Uy-joy qurilishi bo‘yicha:

Developerlar tomonidan obyektning 50 foizi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tartib nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi.

Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Obyekt muddatida topshirilmasa, developer yer solig‘ini 2 karra miqdorda to‘laydi.

"Yangi O‘zbekiston" massivi uchun berilgan yerlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.

Bu uylarning pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinishi ta’kidlandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
2030-yilgacha kamida 100 ta "Yangi O‘zbekiston" massivini quriladi.

yangi massivlar uchun yerlar kamida 70 ming odam yashaydigan tuman markazi yoki shahar hududiga 1-2 kilometr masofadagi joydan ajratiladi;

har birida 100 ming kvadrat metr xonadon quriladi.

joriy yil "Yangi O‘zbekiston" massivlari infratuzilmasi uchun 1,2 trillion so‘m beriladi;

"Yangi O‘zbekiston" massivi uchun mas’ul yagona tashkilot - "O‘z uyim" kompaniyasi tashkil qilinadi;

kompaniya "Yangi O‘zbekiston" massivlariga yer tanlash, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishga mas’ul bo‘ladi.

Mutasaddilarga xalqaro ekspertlarni jalb qilib, kelgusi besh yil uchun uy-joy siyosati strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Joriy yilda uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trillion so‘m resurs berilmoqda

Banklar bunga qo‘shimcha 10 trillion so‘m yo‘naltirishni maqsad qilgan. "Ipoteka kompaniyasi" ham bu maqsadlarga 2,3 trillion so‘m resurs yo‘naltiradi.

Mutasaddilarga 2025-yilda kamida 70 mingta xonadon uchun ipoteka krediti taqdim etish, shundan 30 mingi uchun kreditni boshlang‘ich badal uchun byudjetdan subsidiya to‘lab, daromadi yuqori bo‘lmagan oilalarga berish vazifasi qo‘yildi.

Sohada yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish uchun yangi uy-joy oladigan fuqarolarga o‘zi to‘lagan mablag‘ining bir qismini keshbek qilib qaytarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining Shodlik, Bog‘zor, Ma’rifat va Mehrobod mahallalarida infratuzilmaning holati, obyektlarning shaharsozlik normalariga muvofiqligi, bo‘sh binolardan samarali foydalanish hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari bilan tanishdi.

Shahar hokimi tomonidan Termiz shahri bosh rejasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar va kelgusidagi loyihalar taqdimot qilindi. Shuningdek, aloqador tashkilotlar mutasaddilari va mahallalar "yettiligi" vakillarining hisobotlari tinglandi.

Mahallalardagi muammolar ko‘chama-ko‘cha yurgan holda joyida o‘rganilib, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, "yashil" hududlarni kengaytirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.

Mazkur chora-tadbirlar doirasida aholining farovonligini oshirish va shahar infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilingan.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Termiz shahrida 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Termiz shahridagi sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi” ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida hamkorlikda tizimli ishlarni amalga oshirish borasida so‘z yuritildi.

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish borasida tushuntirishlar berildi.

Kelgusida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “E-ijtimoiy profilaktika”, “E-maʼmuriy ish” axborot tizimlarini amaliyotga keng jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahrida 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

👉🏻Batafsil

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram