Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

Prezident Farmoni bilan, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati uchun harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

Xususan,

🏅"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan:
▪️Xo‘jamqulov Abdivaxid Musayevich - Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i taqdirlandi.

👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni Surxondaryo viloyatida ham katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Xususan, bayram tantanalari Termiz shahridagi Xotira maydoniga Surxondaryo viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, ofitser, serjant va harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida harbiy orkestr musiqa sadolari ostida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni xotirasini yod etish tadbirlari bilan boshlandi.

Shundan so‘ng, Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi – Harbiy-ma’muriy sektor rahbari Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.

Tantanali tadbirda Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda xizmat qilayotganlarning bir guruhi viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Qurolli Kuchlar orkestr va ansambl jamoalari hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi osoyishta yurt posbonlariga bayram kayfiyatini ulashdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Bugun erta tongdan Termiz shahridagi Xotira maydoniga Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, ofitser, serjant va harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida harbiy orkestr musiqa sadolari ostida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni xotirasini yod etish tadbirlari bilan boshlandi.

Batafsil: https://t.me/termizshh/43728

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram