Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.91K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida bo‘lib, eski binosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Shifoxonada bemorlarning davolanishi, yaqinlari uchun kutish zallarini zarur sharoitlar bilan ta’minlash, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab infratuzilmalarni yaxshilash, "yashil" hududlarni yaratish, yo‘l va yo‘laklarda piyodalar xavfsizligini ta’minlash, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Avvalgi berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mas’ullar axborot berdi.

Viloyat rahbari Tuproqqo‘rg‘on mahallasida ham bo‘lib, renovatsiya asosida turar-joylarni rekonstruksiya qilish, yangi loyihalar asosida ko‘p qavatli uy-joylar komplekslarini qurish ishlari bilan ham tanishdi. Qurilish ishlarining shaharsozlik talablari asosida amalga oshirilishi o‘rganilib, aholi uchun zarur infratuzilmalarni yaratish vazifalari topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️Dushanba tongi muborak bo‘lsin.

Bugun, dushanba, 13-yanvar Termiz shahrida ob-havo ma'lumoti

☁️ Ozroq bulutli
Temperatura: -2 C°
Tuyuladi: -5 C°

———

Bulutlar: 0%
Namlik: 93%
Shamol: 2.06 m/s
Bosim: 768 mm sim. ust.
Quyosh chiqishi: 07:44
Quyosh botishi: 17:34

Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga xamdlar bo‘lsin!

Allohim tongingizni nurafshon,
Ko‘nglingizni xotirjam,
Chehrangizni nurli qilsin.

Tanangizni salomatlik,
Yuzingizni esa tabassum bezab tursin!

☃️Baxt,omad, muvaffaqiyat, mehr-muhabbat hamisha hamroxingiz bo‘lsin!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
💬 АОКАнинг ҳудудий бошқармалари фаолияти билан танишамиз: Сурхондарё АОКБ

Сурхондарё вилоятида 36 та газета-журнал, 2 та телеканал, 1 та радиоканал, 5 та веб-сайт, 4 та хусусий нашриёт, 2 та босмахона, 58 та матбаа корхонаси ҳамда давлат бошқарув органларининг 63 та ахборот хизмати фаолият юритаётган бўлиб, уларда 480 нафарга яқин ходим меҳнат қилади.

Шунингдек, Собир Термизий номидаги вилоят, 13 та туман ахборот-кутубхона марказида 304 нафар ходим китобхонларга хизмат кўрсатиш, фондларни тўлдириш ва сақлаш, мутолаа маданиятини ошириш ва тарғиб қилиш билан шуғулланиб келмоқда. Ахборот-кутубхона марказларининг умумий фонди 762 минг нусхани ташкил этади.

Сурхондарё вилояти ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси балансида бўлган “Матбуот уйи”да айни пайтда ҳудудий бошқармадан ташқари Термиз шаҳрида чоп этиладиган газеталар, республика марказий нашрларининг вилоятдаги мухбирлари, Ўзбекистон Журналистлар, Ёзувчилар уюшмаларининг вилоят бўлимлари фаолият юритмоқда.

Вилоятда ўтган 2024 йилда маҳаллий нашриёт ва матбаа корхоналари томонидан 195 номдаги 271 мингдан зиёд нусхада адабиётлар чоп этилган.

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигининг Сурхондарё вилояти ҳудудий бошқармаси ҳозирда ахборот соҳасидаги ишларни замон талабларига мос равишда самарали амалга ошириш, оммавий ахборот воситалари, матбуот, ноширлик-матбаа, ахборот-кутубхона ҳамда давлат органлари ва бошқа ташкилотлар ахборот хизматлари фаолиятини сифат жиҳатидан янги босқичга олиб чиқишни янгича шароитда изчил давом эттириб келмоқда.

✍️ Батафсил

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimizning tegishli qarori bilan ichki turizmni rivojlantirish hamda yoshlarning qishki ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida har yili yanvar oyining birinchi o‘n kunligida “Yoshlar turizmi haftaligi” tashkil etilishi belgilangan. Mazkur haftalik doirasida Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo’limi, shahar hokimiyati tashabbusi bilan vohamizning iqtidorli va faol o‘quvchi yoshlari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqandning boy tarixiy merosi, qadimiy obidalari va zamonaviy inshootlari bilan yaqindan tanishdilar. Yoshlar Registon majmuasi, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi kabi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilib, tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ushbu tashabbus yoshlar ongida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, tarixiy va madaniy merosga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram