Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan har bir hududda turizm imkoniyatlarini oshirish, mahalliy va xorijiy turistlarni jalb qilish maqsadida tun-u-kun faoliyat yurituvchi turizm ko‘chalari tashkil etish vazifasi berilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimizning 15 ta hududida bittadan ko‘cha tanlab olinib, namunaviy loyihalar asosida qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotganligini ma’lum qilgan edik.

Bugun mazkur ko‘chalarning navbatdagisi, Termiz shahrida joylashgan "Yoshlar va turizm" ko‘chasi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy loyihalar asosida bunyod etilgan mazkur ko‘cha bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, ko‘ngilochar maskanlar, kutubxona va ma’naviyat binolari joylashtiriladi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mazkur loyiha Termiz shahrining turizm imkoniyatlarini oshirishi, yoshlarimizning madaniy hordiq olishi, mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun qulay manzil bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan nuroniylar so‘nggi vaqtlarda aholining turmush farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko‘plab loyihalar foydalanishga topshirilayotganini ta’kidlashib, inson qadrini ulug‘layotgan xalqchil siyosatdan minnatdor ekanliklarini bildirishdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz shahrida “Yoshlar va turizm” ko‘chasi foydalanishga topshirildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ижтимоий_хизмат
#камбагалликдан_фаровонлик_сари

«Камбағалликдан фаровонлик сари» дастури доирасида ижтимоий ҳимоя ягона реестрида турган ишсиз фуқаролар ва ногиронлиги бор камбағал оила аъзолари бандлигини таъминлаш учун касб-ҳунарга ўқитиб, томорқадан унумли фойдаланишига, доимий даромад топишига зарур ёрдам кўрсатилмоқда.

Бунга Сурхондарё вилояти Музработ туманидаги Орият маҳалласида яшайдиган ногиронлиги бор Фотима Рашидова ва оиласига қаратилган эътибор яққол мисол бўлади.

Давлат дастурига мувофиқ ҳомийлар бириктирилиб, уй-жойи таъмирланди. Ҳовлида тикувчилик билан шуғулланиш учун бино барпо этилиб, замонавий тикувчилик машинкалари билан таъминланди. Қолаверса, ҳудудий кўп тармоқли поликлиникага йўлланма берилиб, физиотерапия машғулотлари орқали соғлигини тиклаши учун имконият яратилди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri "Manguzar" mahallasida xizmat faoliyatini davom ettirayotgan Obodonlashtirish sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ko‘chalar va mahallalar hamda xiyobonlarimiz, umuman olgandan deyarli barcha hududlarimizda ozodalik, tozalik va sarishtalikni ta’minlovchi soha xodimlariga olib borayotgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirildi.

Viloyat rahbari Obodonlashtirish xodimlarini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga viloyat hokimligining sovg‘alari hamda xizmat faoliyati uchun issiq kiyim-boshlarni topshirdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri "Manguzar" mahallasida joylashgan viloyat Hunarmandchilik markazi faoliyati bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda ishsiz xotin-qizlarni hunarga o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini kengaytirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Shundan so‘ng, shaharning "Guliston" mahallasida joylashgan mol bozorida "Zoom" platformasi orqali vohamizning barcha hududlaridagi bir kunlik mol bozorlarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish loyihalari taqdimoti bilan tanishildi. Shuningdek, Qiziriq va Bandixon tumanlarida savdo komplekslari, bozor va savdo nuqtalari tashkil etish taqdimotlari ham ko‘rib chiqildi.

Keyingi manzilda "Sarvarbek Moxina" oilaviy korxonasining issiqxonada qulupnay yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Mazkur korxona tajribasini ommalashtirgan holda, "Bir kontur – bir mahsulot" tamoyili asosida 10 gektar maydonda tashkil etiladigan kooperatsiya loyihasi ko‘rib chiqildi. Doimiy 30 ta, mavsumiy 60 ta ish o‘rni yaratiladigan ushbu loyihani puxta amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Hududlarga tashrifini Termiz tumanida davom ettirgan viloyat rahbari "At-Termiziy" mahallasida 14 gektar maydonni kooperatsiya asosida yoshlarga bo‘lib berish tadbirida ishtirok etdi hamda "Yangi hayot" mahallasida joylashgan bo‘sh bino negizida "Gm avto zapchast service" xususiy korxonasi tomonidan plyonka va issiqxona materiallari tayyorlash sexi hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Tashrif so‘ngida tuman markazidagi "Uchqizil" mahallasining aholi gavjum nuqtasida turli xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga olgan majmua qurilishiga start berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X