Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun Termiz shahrida “Yoshlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati Termiz-2024” o’tkazildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida fuqarolarga manzilli ijtimoiy xizmat va yordam turlari ko‘rsatilmoqda

Surxondaryo viloyati, Termiz shahar "Majnuntol" mahallasida yashovchi Kamila opa Shaymardonovaning xonadoni mahalla faollari tomonidan xatlovdan o'tkazildi.

Ushbu jarayinda Kamila opaning oilaiy ahvoli, yashash sharoitlari o‘rganilib, keys menejmant asosida, bir qator ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatildi.

Xususan:

Surunkali kasaligi bo'lgan Shaymardonov Dalerni sog'ligini tiklash uchun "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan pul ajiratildi;
Komila opaning 3 nafar voyaga yetmagan farzandiga bolalar nafaqasi tayinlandi;  o'ziga esa parvarishlash nafaqasi tayinlandi;
Shaymardonov Dalerga nogironlik nafaqasi tayinlandi;
Unga kerakli RTV vositalari olib berildi;
Komila opa “Inson” markazi tomonidan psixologik hamda yuridik xizmatlar koʻrsatildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍6🔥1
Prezidentimizning "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan tadbirkorlik faoliyati hamda aholining barcha qatlamlariga yashash va dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida shahar va tumanlarni jadal kompleks rivojlantirish, ularda kamida bittadan mahallada "yashil mahalla" loyihalarini amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan.

Xususan, Surxondaryo viloyatida ham mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahri va tumanlarda bittadan mahalla tanlab olinib, "yashil mahalla" dasturi amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida hamda Termiz shahrida tanlab olingan mahallalarni "yashil mahalla"ga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, mahallalarda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini energiya tejamkor uskunalar bilan ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekib, "yashil" hududlarni kengaytirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, BSK faoliyatini samarali tashkil etish, avtoturargohlar, yozgi dam olish ayvonchalari qurish, shuningdek, ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari mahallalarda nuroniylar va faollar bilan suhbatlashdi hamda qurilishi tugallangan yo‘llarning ochilishida ishtirok etdi. Mas’ullarga dastur asosida mahallalar qiyofasini tubdan yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish vazifalari belgilab berildi.

Bu kabi ishlar boshqa tumanlarda ham amalga oshirilayotgan bo‘lib, bugun hududlarda ijtimoiy soha va xizmat ko‘rsatish obyektlari foydalanishga topshirildi.


Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X