Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termizda harbiy qism tashkil topgan kun keng nishonlandi!

Bugun Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism tashkil etilganligining 83 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimligi, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi maʼsul ofitserlari, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda viloyat madaniyat markazi xodimlari ishtirok etishdi.

Unda so‘zga chiqqan mehmonlar tabrik so‘zida dastlab, harbiy qism shaxsiy tarkibini ushbu qutlug‘ sana bilan tabriklab, yurt posbonlarining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilashdi.

Shuningdek, milliy armiyamiz saflarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ushbu harbiy qism harbiy xizmatchilari uzoq yillar davomida Mudofaa vazirligi miqyosida artilleriya mutaxassisligi bo‘yicha turli taktik o‘quv mashg‘ulotlarida, umum armiya o‘yinlarida qolaversa xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib, O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shganligini e’tirof etdi.

Sana munosabati bilan okrug qo‘mondonligi jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik borasida, harbiy okrug, Mudofaa vazirligi va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muayyan yutuqlarga erishgan va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa qo‘shgan bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Bayram tadbiri harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qoʻshiqlariga ulanib barcha ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termizda harbiy qism tashkil topgan kun keng nishonlandi!

Batafsil: https://t.me/termizshh/42906

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Termizda harbiy qism tashkil topgan kun keng nishonlandi!

Batafsil: https://t.me/termizshh/42906

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Jonajon O'zbekistonimizning asl sifati, rostmana tarif-u tavsifi davlatimiz madhiyasida namoyon.

Termiz shahar Maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tasarrufidagi
umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Madhiyamizning 32 yilligiga bagʻishlangan ertalabki saflanish tadbirlaridan lavhalar

🇺🇿Madhiyamizga oid qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan. Ushbu mukammal badiiy asar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda atoqli san'at arbobi, benazir kompozitor Mutal Burhonov tomonidan ancha mehnat-u mashaqqat bilan yaratilgan. 


Madhiyamizning 32 yilligi barcha aziz yurtdoshlarimizga qutlug‘ bo‘lsin!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1