Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.89K subscribers
38.4K photos
4.98K videos
72 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
📊Surxondaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlari qanchaga o‘sdi?

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 606,4 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,6 % ga o‘sdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

Prezidentning tegishli Farmoniga muvofiq, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi tarkibdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi belgilandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Xabar qilganimizdek, Termiz shahrini chiqindilardan holi hudud qilish bo‘yicha amalda keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari qizg’in davom etmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤽Termiz "Besh tashabbus" olimpiadasining Stritbol musobaqalariga mezbonlik qilmoqda

"Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida turli sport musobaqalarining hududiy bosqichlari yakunlanib, respublika final bosqichiga start berilmoqda. Xususan, Termiz shahrida "Stritbol" musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bugun Termiz temiryo‘l vokzalida yurtimizning turli hududlaridan vohamizga tashrif buyurgan 252 nafar yosh sportchilar tantanali kutib olindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Senatning qo‘mitalariga rahbarlar saylandi:

▪️Qutbidin Nukritdinovich Burxanov - Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Abdulxakim Xushbokovich Eshmuratov - Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Erkin Fayziyevich Gadoyev - Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi;

▪️Baxrom Ismoilovich Abdullayev - Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Orzigul Mo‘ydinovna Qozixonova - Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Anvar Mirzaaxmedovich Tuychiyev - Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi.

▪️Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi (vakant).

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍4
Topshiriqlar ijrosi: Termiz shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Kuni-kecha viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Farovon massividagi ko‘p qavatli turar joylarning holatini joyida o‘rganib, hududdagi mavjud muammolarni hal qilish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi.

Bugun mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida:

shahar bo‘ylab katta hajmdagi chiqindilar yig‘ilib, maxsus texnikalar yordamida olib chiqish ishlari tashkil etildi;

daraxtlar ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash ishlari olib borilmoqda;

yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, piyodalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida yangi yo‘laklar qurilmoqda;

mahalla va jamoat joylarida tozalash ishlari amalga oshirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar nafaqat shaharning estetik holatini yaxshilash, balki aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan.
👍3
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, Hukumat a’zolari, markaziy muassasalar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍2