Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.86K subscribers
37.6K photos
4.86K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
#Termiz_shahar
#Etirof_2021

Termiz shahar 1-son BMSMda Termiz shahar hokimligi va Termiz shahar madaniyat bo'limi bilan hamkorlikda madaniyat va san'at sohasida ijod qilayotgan ijodkorlar uchun "E'tirof -2021" taqdimot marosimi o'tkazildi.

Ushbu taqdimot marosimi onlayn tarzda Termiz shahar madaniyat kanalida jamoatchilik so'rovnomasi asosida bo'lib o'tdi.

Taqdirlash marosimda Termiz shahar hokimining o'rinbosari Ashurov Kamol Musurmonovich va Termiz shahar madaniyat bo'limi rahbari Dilmurod Choriyevlar qatnashib, 2021-yil davomida shahrimizda ijod qilgan san'at ahlining vatan ravnaqiga, madaniyat sohasiga qo'shayotgan munosib hissasini e'tirof etib o'tishdi.

Onlayn jamoatchilik ovozi asosidagi nominasiya g'oliblariga Termiz shahar hokimining diplomi va maxsus statuetkasi 11-yo'nalish bo'yicha tantanali tarzda topshirildi.

Taqdimot marosimini yuqori saviyada Termiz shahar madaniyat bo'limi tadbirlar boshlovchisi Akromjon Qo'chqorov olib bordi