Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.88K subscribers
38.4K photos
4.99K videos
73 files
12.5K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Хабар берганимиздек, Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов Термиз шаҳридаги ўрганиш ишларини давом эттириб, кўп хонадонли турар жойларга хизмат кўрсатиб келаётган бошқарув сервис компаниялари фаолияти билан танишди.

Турар жойларни куз-қиш мавсумида иситиш, коммунал хизматлар, иссиқ ва совуқ сув, табиий газ ҳамда электр энергяси таъминоти барқарорлигини таъминлаш мақсадида амалга оширилаётган ишлар кўздан кечирилди.

Вилоят раҳбари аҳоли қишни иссиқ уйларда ўтказишлари учун зарур шароитлар яратиш, коммунал хизматларнинг сифатли кўрсатилишини таъминлаш борасида бошқарув сервис компанияларига қатор вазифаларни қўйди.

Шунингдек, вилоят раҳбари шаҳардаги марказий кўчалар, турар жойлар атрофларини ободонлаштириш, болалар ва спорт майдончаларини қуриш, йўлларни таъмирлаш ҳамда ижтимоий соҳа объектлари билан ҳам танишиб, мутасаддиларга вазифаларни белгилаб берди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍31
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Ахборот хизматлари раҳбарлари учун навбатдаги ўқув-семинар ташкил этилди

Термиз шаҳридаги Матбуот уйида Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати ҳамда Ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси ҳамкорлигида ахборот хизматлари раҳбарлари учун навбатдаги ўқув-семинар ташкил этилди.

Унда ахборот хизматлари фаолиятига доир қонунчилик, улар фаолияти самарадорлигини ошириш, медиа макондаги турли танқидий ҳолатлар, маълумотлар ва фикр-мулоҳазаларга ҳаққоний ва тезкор муносабат билдириш, ташкилот имижини мустаҳкамлаш, ОАВ билан самарали ҳамкорлик, ҳудудий медиа-режалар ижроси каби масалалар атрофлича муҳокама қилинди.

Семинарда билдирган фикр-мулоҳазалар, таклиф ва тавсиялар асосида келгусидаги вазифалар белгилаб олинди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Termiz shahar hokimi O'ktam To'rayevning "Sog'liqni saqlash sohasi" xodimlariga bayram tabrigi

Ma’lumki,  har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda "Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek g‘oyat mas’uliyatli va sharafli ishga bag‘ishlagan  tibbiyot xodimlarini chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Keyingi yillarda Respublikamizda va shahrimiz tibbiyot sohasida ulkan islohotlar amalga oshirildi. Birlamchi tibbiy-sanitariya, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan xizmatlar takomillashib bormoqda.

"Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami bilan õz kasbining fidoyilarini chin yurakdan samimiy tabriklab, xalq salomatligi yo‘lidagi ishlaringiz hamisha bardavom bo‘lishini tilayman! 

Barchangizga, sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube  | Facebook | Web-site | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Qadrli tibbiyot xodimlari va soha faxriylari!

She'r

Yuragingiz qaltirar, qoʻlingizda titroq yoʻq
Siz kabi jonga malham, hasta tanga oʻrtoq yoʻq
Koʼngli siz kabi ochiq, qalbi siz kabi oq yoʻq
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

Siz mehrning bulogʻi, himmatning tub manbasi
Allohning moʻjizaviy idroki bor bandasi
Jonga orosiz doim, har dardning kushandasi
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

Ketar chogʻi hammani sogʻ boʻling deb kuzatgan,
Dori qolib har jonni shirin soʻzda tuzatgan
Alloh sababchi qilsa kaftida jon uzatgan
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

Yuzingizda shuncha nur, istarasi iligʻim
Qalblari muhabbatga va himmatga toʻligʻim
Qaddi osmondek baland, qadri togʻday ulugʻim
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

Farishtani eslatar qorday oq xalatingiz
Viqorga toʻlib turar nigohu savlatingiz
Tangrining shifosiga sababkor sanʼatingiz
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

Chin insoniy hislatlar qalbida mudom borlar
"Oh" chekkan har jon uchun oqkoʻngil fidokorlar
Sogʻligimiz posboni - ey jonimiz malhami
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube  | Facebook | Web-site | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
🗣Farzandingizga doimo aytib turishingiz kerak boʻlgan 9 ta gaplar

1. Sen kuchlisan, yengilma!
2. Men doim sen bilanman.
3. Hammasini uddalaysan!
4. Men senga ishonaman.
5. Men sen bilan faxrlanaman.
6. Menga yordam berayotganing uchun rahmat.
7. Men seni yaxshi koʻraman.
8. Kuning qanday oʻtdi?
9. Bunday vaziyatda sen qanday yoʻl tutgan boʻlar eding?

👨‍👧‍👦 Mehr va eʼtiboringizni ayamang. Koʻproq bagʻringizga bosib quchoqlab turing, erkalang, u bolaligini his qilsin.

👩‍👧‍👦 Bolani urmang! Bolaga nima yaxshi-yu nima yomonligini tushuntirishdan erinmang.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | YouTube  | Facebook | Web-site | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Surxondaryo tarixidagi 13-noyabr sanasi bilan bogʻliq bir voqea bayoni

1887-yil (bundan 136 yil oldin) – tarixchi Zulfiya Daminovaning tadqiqot ishida yozishicha, Termiz–Karki yoʻnalishida Amudaryo flotiliyasi barpo etildi. Uning asosiy vazifasi Amudaryoda Termiz va Karki, Petro–Aleksandrovsk, Chorjoʻy oʻrtasida davlat va xususiy mulklarni tashish edi.

Dastlab Amudaryo flotiliyasida 1888-yilda “Sar” (“Podsho”) va “Saritsa” (“Malika”), keyinroq 1895-yil “Sarevich” (“Shahzoda”), 1899zyilda “Velikaya knyajna Olga” (“Buyuk knyajna Olga”), 1901-yilda “Imperator Nikolay II” va boshqa paraxodlar Amudaryo boʻylab yoʻlovchilar va yuklarni tashigan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | YouTube  | Facebook | Web-site | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
🟡TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI TERMIZ SHAHRIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO‘XTATILADI

💬Termiz shahrida AGRSda o’rnatilgan Qmax=7000 m3/soatlik bo’lgan toraytiruvchi qurilma diafragmani Qmax=20000 m3/soatlik bo’lgan toraytiruvchi diafragmaga almashtirilish uchun gaz quvurlarida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, soat 13:00 dan 16:00 ga qadar hudud iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi.

Aholi xonadonlari - 38396 ta
Ulgurji isteʼmolchilar - 480 ta

🗣Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | YouTube  | Facebook | Web-site | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Davlat va jamiyat taraqqiyotiga toʻsiq boʻladigan illatlardan biri bu korrupsiyadir. Termiz shahrida madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat yuritayotgan rahbar - xodimlar ishtirokida ayni shu mavzuda oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | YouTube  | Facebook | Web-site | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM