Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38.3K photos
4.98K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Туркий давлатлар ташкилоти Остона саммитидаги энг муҳим фикрлари, таклиф ва ташаббуслари.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍3
“Uch avlod uchrashuvi – kecha, bugun va ertani birlashtiruvchi rishta”

Termiz shahrida joylashgan 26-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Termiz shahridagi barcha mahalalardan "Keksalar maslahati" guruhi rahbarlari, “O‘zbekiston qahramoni” unvoni sohibi, turli sohalarda fidokorona mehnat qilib, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan nuroniylar, oliy taʼlim muassasalari professorlari, maktab o‘qituvchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faol hamda probatsiya va profilaktik hisobda turuvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Turli millat vakillarini mushtarak maqsad yo‘lida bir davraga jam qilgan tadbir doirasida "Nuroniy jamg'armasi" respublika boshqaruvi bo'lim boshlig'i M.Umarov, "Nuroniy jamg'armasi" respublika bosh mas'ul xodimi U.Rahmatov, 95 yoshni qarshilagan Sharofiddin ota, o'rta yosh vakillari, yutuqlarga erishib kelayotgan shijoatli yoshlar nutq so'zladilar. 3 avlod vakillari dildan suhbat qurishdi. Samimiy muloqotlarda nuroniylar va o‘rta avlod vakillari tomonidan mamlakatimizda inson va uning qadr-qimmatini yuksaltirish, xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish ustuvor vazifaga aylangani taʼkidlandi.

El suygan sanʼatkorlarning ona Vatan, do‘stlik, ezgulik, hamjihatlik, mehr-muhabbat va tinch-totuv hayot tarannum etilgan kuy-qo‘shiqlari barchaga yuqori kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida nuroniylar mamlakat tinchligi va ravnaqi hamda xalqimiz farovonligini tilab, duoga qo‘l ochishdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh

Telegram | YouTube  | Facebook
Web-site | Instagram | Twitter
👍1👏1