Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.89K subscribers
38.3K photos
4.98K videos
72 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
“Фарзандларингизнинг ижобий қаҳрамони бўлинг!”

Ходимларнинг коррупцияга қарши курашишга оид ички тартиб-таомиллардан хабардорлиги ҳамда ушбу соҳада билим ва кўникмаларини ошириш мақсадида Сурхондарё вилояти Aхборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси ҳамда Адиб Собир Термизий номидаги вилоят Ахборот-кутубхона маркази ходимлари иштирокида давра суҳбати ташкил этилди. Унда Aхборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги масъуллари ҳам қатнашди.

Давра суҳбатида амалдаги қонунчилик, коррупциявий хавф-хатарларни келиб чиқишига хизмат қилувчи шарт-шароитларни ажрата билиш, коррупцияга қарши хулқ-атвор, шунингдек, коррупцияга қарши курашиш бўйича аҳолининг ҳуқуқий онги ва ҳуқуқий маданиятини юксалтириш, ушбу иллатга нисбатан муросасиз муносабатни шакллантиришга қаратилган тарғибот тадбирларини олиб бориш ҳақида сўз юритилди.

Тадбирда коррупциянинг аянчли оқибатлари ҳақида ҳикоя қилувчи “Менинг қаҳрамоним” номли ижтимоий видеоролик намойиш этилди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍1
Bugun Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining Termiz shahar bosqichi o'tkazildi. Usbu tanlovda Termiz shahridagi 24 nafar mahalla yoshlar yetakchilari nizom talablari asosida 8 ta yo'nalishda o'z intellektual va professional salohiyatlarini namoyon etdilar!

✏️Tanlov natijalariga ko'ra:

“Yoshlar daftari” tizimi bilan samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Shifokor" mahallasi yoshlar yetakchisi

“Yoshlarning boʼsh vaqtini samarali tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Bog'zor" mahallasi yoshlar yetakchisi

“Аlohida eʼtiborga muhtoj yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Pattakesar" mahallasi yoshlar yetakchisi

“Tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Amu-sohillari" mahallasi yoshlar yetakchisi

“Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʼlgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Do'stlik" mahallasi yoshlar yetakchisi

“Iqtidorli va intellektual faol yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Eski shahar" mahallasi yoshlar yetakchisi

“Kasb-hunarlar tanlovini yuqori saviyada takil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Jayxun" mahallasi yoshlar yetakchisi

“Yoshlarga sogʼlom turmush tarzini targʼib qilgan va sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "O'zbekiston" mahallasi yoshlar yetakchisi g'olib deb topilib, viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | Twitter | Facebook |
You Tube | Web-site | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🗣Termiz shahrida FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH ORGANLARI sohasidagi muhim o'zgarishlar, amalga oshirilayotgan ishlar xususida OCHIQ MULOQOT bo'lib o'tdi.

AOKA hududiy boshqarmasi xodimi Odil Xudoyqulov, jurnalist va blogerlar, axborot xizmatlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Termiz shahridagi "Matbuot uyi" da o'tkazilgan tadbirda FHDYO Termiz shahar bo'limi boshlig'i Maftuna Siddiqova tomonidan sohaga oid qabul qilinayotgan normativ hujjatlar, ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Muloqot savol-javob shaklida qizg'in davom etar ekan, soha vakillarining har bir savollariga batafsil javoblar berildi.

Tadbir yakunida esa, FHDYO Termiz shahar bo'limiga tashrif buyurilib, sohaning ish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

BATAFSIL MA'LUMOT bilan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarorda tanishish mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | Twitter | Facebook |
You Tube | Web-site | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1