Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.6K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahar IIB navbatchilik qismining xabariga koʻra, Termiz shahri “Kattabogʻ” mahallasi hududida joylashgan “Yashil
dunyo markaziy dehqon bozori”da savdo faoliyatini amalga oshiruvchi, fuqaro X.F. - fuqaro T.U. bilan bozor hududidagi joy unga tegishli ekanligi masalasida oʻzaro tortishib, bir-birlarini oʻzaro haqorat qilib, janjal natijasida X.F. oʻsha yerda boʻlgan oshxona pichogʻini fuqaro T.U. ga urib tan jarohatlari yetkazgan.

Fuqaro T.U. olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ayblanuvchi protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Ushbu jinoyat sodir etilish shart-sharoitlari, jinoyat etilishi sabablari sektor rahbarlari tomonidan jinoyat sodir bo‘lgan joy,  ya'ni shahardagi “Yashil dunyo markaziy dehqon bozori” ga borilgan holda o‘rganilib, keng jamoatchilik va u yerda savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlar ishtirokida muhokama qilindi.

Kelgusida bu kabi mudhish holatlar sodir etilishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | Twitter | Facebook | You Tube | Web-site | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida OʻZBEK TILI BAYRAMI umumxalq sayli bo'lib o'tdi

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining oʻttiz toʻrt yilligi va “21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Termiz shahrida joylashgan "Sanʼat saroyi" hududida “Oʻzbek tili oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida umumxalq sayli oʻtkazildi

Saylda vohamizning taniqli sanʼatkorlari va folklor jamoalari, shoir va yozuvchilar, keng jamoatchilik arboblari, raqs ustalarining hiromlari, vatanparvarlik ruhidagi harbiylarning chiqishlari hamda kitoblar, hunarmandchilik mahsulotlari, tasviriy va amaliy sanʼat namunalari koʻrgazmasi barcha mehmonlarga milliy g'urur hamda a'lo kayfiyat ulashdi.

Til – millat ko‘zgusi va ma’naviy boyligidir. Til bor ekan, millat barhayot! Bugun dunyoning qadimiy va go‘zal tillaridan biri sanaluvchi hamda kundan-kunga shuhrati ortib borayotgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to‘lganligi munosabati bilan Termiz shahar hokimligi jamoasi yurtdoshlarimizni o‘zligimizni anglatuvchi—Ona tilimiz bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Istagimiz, xalqimizni birlashtirib, milliy urf-odat, an’ana va madaniyatimizni  saqlab kelayotgan ona tilimizning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni, nufuzi ortib boraversin!

🗣Abdulla QODIRIY- "O‘zbek tili kambag‘al til emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar."

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | Twitter | Facebook | You Tube | Web-site | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM